www.ziyouz.com kutubxonasi
58
mayxo‘rlik qilib va arablarga o‘zimizni tanitib o‘la-o‘lguncha bizlardan hayiqadigan
qilmagunimizcha bu yerdan ketmaymiz, deya qasam ichdi. Axnas ibn Shariyq
ittifoqdoshi Zuhro aymog‘iga Xudo mol, joninglarni asraganiga shukrona aytib, tezroq
ketinglar, deya maslahat berdi. Uning gapi bilan bani Zuhro, bani Adiy aymoqlari Badr
urushida qatnashishmadi. Abu-jahlning odamlari Badr vodiysining Madinadan olisdagi
tuprog‘i o‘ynab yotgan joyiga kelib tushdi. Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi
musulmonlar ham Badrga yetib kelgach, Ali ibn Abu Tolib bilan Zubayr ibn Avvom
vaziyatni o‘rganib kelgani jo‘natildi. Ular mushriklarning suv tashiydiganlaridan ikki
kyshini tutib kelishdi. Bu chog‘da rasululloh, namoz o‘qiyotgan edilar. Ali bilan Zubayr
asirlarni o‘rtaga olib so‘roq qila boshlashdi. "Biz bor-yo‘g‘i suv tashuvchilarmiz, ko‘p
narsalardan xabarimiz yo‘q, deyishdi ular. So‘roq qiluvchilar asirlarning gapiga ishonmay
ura ketishdi. Ular biz suv tashuvchi emas, Abu Sufyonning xizmatkorlarimiz,
deyishganidan keyingina qo‘yib yuborishdi.
Bu orada ibodatini tugatgan rasululloh: "Ajab, ular rostini aytganda tutib olib
urdinglar, yolg‘on gapirganda qo‘yib yubordinglar. Bular qurayshning xizmatkorlaridan
ekanligi shundoqqina ko‘rinib turibdi-ku", dedilar va mushriklar qo‘shini qayerga
tushganini so‘radilar. Asirlar mushrik askarlari joylashgan yerni aniq aytib berishdi.
Rasululloh ular kuniga nechta tuya yeyishayotgani bilan qiziqdilar. "Ba’zi kunlari,
to‘qqizta, ba’zan o‘nta", deya javob berishdi asirlar. "Demak, ularning soni to‘qqiz yuz
bilan ming o‘rtasida ekan", deya xulosa chiqardilar payg‘ambar alayhis-salom hamda
oqsoqollardan kimlar kelganini surishtirdilar. Asirlardan ularning nomlarini eshitgach,
sahobalarga: "Makka sizlarga qarshi o‘z jigarporalarini tashlabdi", dedilar. Musulmonlar
joyidan qo‘zg‘alib, Madina yaqinidagi suvsiz, sho‘rxok yerga ko‘chishdi. Ularni tashnalik
qiynay boshladi, ko‘plari junub, tahoratsiz bo‘lib qoldi, payt poylab turgan shayton
darrov vasvasa qilishga tushdi: "Mushriklar suvsizlikdan tinka-madoringiz qurib,
yo‘lingizni eplab yurolmaydigan ahvolga tushishingizni kutib turishibdi. Keyin sho‘ringizni
quritib, boshingizga it kunini solishadi".
Agar Haq Taolo o‘z fazlu marhamatini namoyon etmasa, chindan ham ba’zi
odamlarning irodasi bo‘shashib ketishi hech gap emasdi. Kutilmaganda havoga bulut
chiqib, shu qadar qattiq yomg‘ir yog‘diki, jilg‘alar to‘lib-toshib ketdi. Odamlar idishlarini,
chuqurlarni suvga to‘lg‘izib olishdi, chang-to‘zon bosilib, yurish osonlashdi. Mushriklar
uchun esa yomg‘ir katta tashvish keltirdi, ular turgan yer botqoqqa aylanib, na ulovda.
na yayov yurish mumkin bo‘lmay qoldi. Olloh Anfol surasining 11-oyatida
musulmonlarga ko‘rsatgan marhamati haqida bunday deydi: "Sizlarni poklash, shayton
vasvasasini daf etish, qalbinglarni sokin, qadaminglarni baquvvat qilish uchun Olloh
bulutdan yomg‘ir yog‘dirib berdi". Parvardigor musulmonlarga dalda berish uchun jang
maydonida ularga mushriklarning sonini kamaytirib ko‘rsatdi. Olloh taoloning hukmi bajo
keltirilishi bu voqealarning davomida ayon bo‘ldi. Anfol surasining 43-44-oyatlarida bu
xususda shunday deyiladi: "Vaqtiki kelib Olloh tushingda ularni senga kamaytirib
ko‘rsatdi, agar ko‘paytirib ko‘rsatsa, qo‘rqib ketardinglar va shubhasiz o‘rtangizda nizo
chiqardi, lekin Xudoning o‘zi asradi, u ko‘ngildagi (sir-asrorlarni) yaxshi bilguvchidir.
Olloh bo‘ladigan ishni bo‘ldirish uchun ularni sizlarga ozgina qilib ko‘rsatdi. Sizlarni ham
ularga kamaytirib ko‘rsatdi. Hamma narsa Ollohning dargohiga qaytajak".
Musulmonlar qarorgohini o‘zgartirib, katta suv bo‘yiga kelib joylashishdi. Ansorlardan
Xubob ibn Munzir benihoya tadbirli, harbiy salohiyati o‘tkir kishi edi. U payg‘ambar
alayhis-salomdan: "Ey, rasululloh, bu yerga Ollohning amriga binoan keldikmi yo sening
xohishing bilanmi?" deb so‘radi. Payg‘ambar alayhis-salom qo‘shinni o‘z xohish-irodalari
bilan ko‘chirganlarini aytdilar. "Unday bo‘lsa, mushriklarga yaqin joyga ko‘chib o‘taylik,
bu yer jang qilishga noqulay. Mushriklarning shundoqqina biqinida katta ko‘l bor, biz shu
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |