www.ziyouz.com kutubxonasi
161
alayhis-salom xesh-aqrobalariga ularning darajasiga qarab silai-rahm qilar edilar. Bir
kuni huzurlariga kelgan elchilar hay’atini rasulullohning o‘zlari kutib, xizmat qilganlar.
Sahobalar shu xizmatni biz qilsak bo‘lmaydimi, dsb ajablanishgan. Rasululloh: "Ular
sahobalarimizni izzat-ikrom qilishgan, ularni shunga yarasha mukofotlamoqchiman",
deganlar. U zoti muborakka payg‘ambarlik vahiysi kelganda hazrati Xadicha raziyallohu
anho: "Suyunaver, Olloh seni aslo sharmanda qilmaydi. Sen silai-rahm qilasan, ojizlarga
yordam berasan, g‘ariblarning holidan xabar olasan, mehmonni yaxshi kutasan, haqni
o‘z joyida qaror toptirish uchun kurashasan", degan.
Payg‘ambar alayhis-salom martabalari baland, nasl nasablari ulug‘ bo‘lsa-da, kamtar,
kamsuqum zot edilar. U kishining kamtarliklari shu darajadaki, podsho payg‘ambarlik
bilan banda payg‘ambarlikdan birish tanlash imtiyozi berilganda u kishi banda
payg‘ambar bo‘lishni ixtiyor etganlar. Bir kuni rasululloh aso tutib sahobalarning oldiga
chiqqanlarida hurmatlari uchun ular gurra o‘rnidan qo‘zg‘olishgan. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Ajam (eronlik)lar bir-birini ulug‘lab o‘rinlaridan qo‘zg‘olgandek sakrab
turmanglar. Men ham bir bandaman, yeb-ichishda, yotib-turishda sizlardan farqim yo‘q",
deganlar. Rasululloh ko‘pincha eshakda yurardilar, doim orqalariga birovni mingashtirib
olardilar, miskinlarning holidan xabardor bo‘lardilar, g‘aribu g‘urabolar bilan suhbatlashib
o‘tirardilar, qul uyiga taklif etsa ham borardilar, qayerda duch kelsalar sahobalar bilan
aralashib ketaverardilar. U kishi doim: "Meni nasorolar Isoni uchirgandek uchirib
yubormanglar. Men ham bir bandaman, meni Ollohning bandasi va elchisi deb bilinglar",
der edilar.
Rasululloh haj qilganlarida mingan tuyalarining ustida eski to‘qim, engillarida to‘rt
dirhamga ham arzimaydigan jun yopinchiq bor edi. Sarvari olam: "Ey Olloh, hajimni
riyosiz va shon-shavkatsiz qilgin", deya Xudoga yolborar edilar. Vaholanki, u paytda
arab zamini fath etilib, rasululloh shu haj chog‘ida yuzta tuyani qurbonlik qilgan edilar.
Makka fath etilgan kuni rasululloh Islom lashkari bilan Makkaga kirayotganlarida Ollohga
tavozu’ qilib, boshlari to‘qimga tekkuncha quyi egilgan edi. Abu Hurayra raziyallohu
anhu shunday deydi: "Bir kuni rasululloh bilan birga bozorga borib, u kishiga kiyimlik
oldik. Sarvari olam gazlama uchun ortiqcha haq to‘ladilar. Sotuvchi quvonib ketganidan
u kishining qo‘lini o‘pmoqchi bo‘ldi. Rasululloh shartta qo‘lini tortib oldi-da: "Bu
ajamlarning odati. Ular podshohlarining qo‘lini shunday o‘pishadi, men podshoh emas,
sizlarga o‘xshagan oddiy bir odamman", dedi. Olingan gazlamani men ko‘tarib
yurmoqchi edim: "Har kim o‘ziga tegishli narsani o‘zi ko‘tarib yurishi kerak, deb menga
bermadi".
Payg'ambar alayhis-salom azaldan eng ishonchli, eng rostgo‘y odam edilar.
Rasulullohning bu fazilatlarini hatto dushmanlari ham e’tirof etishardi. Payg‘ambarlik
sharafiga erishmaslaridan avval ham u kishini amin, ya’ni ishonchli deb atashar, yoshu
qari birdek hurmat qilishardi. Payg‘ambar alayhis-salomning yana bir fazilatlari
o‘zlarining gaplaridan oydinlashadi. "Nikohimda bo‘lmagan biron ayolning qo‘lini tutgan
emasman", deydilar u zoti muborak. Abul Abbos yanada ibratli bir voqeani hikoya qiladi:
"Kisro kunlarni taqsimlab, bo‘ron chiqqan kuni uxlash, havo bulutli kunda ovga chiqish,
yomg‘irli kunda nag‘ma-navo tinglab, sharob ichish, quyosh charaqlab turgan kunda
ishlash kerak, degan. Payg‘ambar alayhis-salom esa kunni uchga bo‘lib, bir qismini Olloh
uchun, bir qismini oilasi uchun, qolgan qismini o‘zlari uchun taqsim etganlar. O’zlari
uchun ajratilgan qismini esa odamlarning hojatini chiqarish uchun sarflaganlar.
Sahobalarni ham ko‘pning hojatini chiqarishga undab: "Men mushkulini oson etolmagan
kishilarning hojatini ravo qilinglar. Hojatmandning mushkulini oson etgan odamni Olloh
qiyomat kunining vahimasidan asraydi", — deganlar. Rasululloh hech qachon birovning
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |