www.ziyouz.com kutubxonasi
162
gunohi uchun boshqa kishini jazolagan emaslar, birovning ustidan ig‘vo qilgan
kimsalarning gapiga quloq solmasdilar.
Payg‘ambar alayhis-salom o‘ta vazmin, xushaxloq, ko‘pincha yukingan kuyi sukut
saqlardilar, faqat lozim bo‘lgandagina gapirardilar. U kishining gapi ayni vaqtida aytilib,
yurakka em bo‘lardi. Behuda chakak uradiganlarning gapiga quloq solmasdilar, qah-qah
otmasdan faqat tabassum bilan kulardilar, sahobalar ham u kishiga hurmatan va
taqlidan tabassum bilan kifoyalanishar edi. Rasulullohning suhbatlari shirin, hayoli, dilni
yayratadigan va amin kayfiyatda o‘tardi. U kishi bor davrada hech qachon shovqin-
suron, xunuk gap eshitilmasdi. Sarvari olam gapirayotganlarida suhbatdoshlari xuddi
boshlariga xumo qushi qo‘ngandek qilt etmay tinglashardi. Ibn Abu Hola:
"Rasulo‘llohning sukuti to‘rt xil edi: "Yoqimli, ehtiyotkorona, birovga malol kelmaydigan
va chuqur tafakkurga to‘la", deb eslaydi. Hazrati Oisha: "Rasulullohning so‘zlari ma’noli,
xuddi sanasa bo‘ladigan darajada dona-dona edi. Sarvari olam xushbo‘y narsalarni
yaxshi ko‘rar, ularni ko‘p ishlatar va boshqalarga ham tavsiya etardi", deb eslaydi.
Rasululloh ovqat va ichimliklarni puflab iste’mol qilishni qat’iyan man etardilar, har kim
ovqatni o‘z oldidan olib yeyishi, misvok ishlatishi, qo‘l va oyoq barmoqlarining orasini
tozalab yurishi zarurligini ko‘p uqtirar edilar.
Payg‘ambar alayhis-salom tamadan xoli edilar, boylikka qiziqmas, fath etilgan juda
ko‘p joylarda tog‘dek uyulib yotgan mol-mulkka loaqal ko‘z qirini tashlab qo‘ymasdilar. U
kishi vafot etganlarida oilalarining nafaqasi uchun sovutlari bir yahudiyga garovga
qo‘yilgan. Rasululloh hamisha: "Ey Olloh, Muhammadning oilasiga kuni o‘tgudek rizq
bersang kifoya", deb duo qilardilar. Hazrati Oisha: "Rasululloh ketma-ket uch kun to‘yib
ovqat yemay dunyodan o‘tdi. U kishidan oltin, kumush, biron tuya yoki qo‘y qolgani
yo‘q. Rasululloh vafot etganida mening uyimda to‘rt hovuch arpadan bo‘lak yegulik yo‘q
edi", deb eslaydi. Rasululloh: "Olloh menga Makkaning soylarini oltinga aylantirib
bermohchi edi, men: keragi yo‘q, robbim, bir kun och, bir kun to‘q o‘tganim durust. Och
qolganimda senga iltijo qilib, duoda bo‘laman, to‘q kunimda senga shukr qilib, sano
aytaman", deganlar. Hazrati Oisha: "Biz rasulullohning oilasidagilar oylab qozon osolmay
xurmoyu suv bilan qanoatlangan vaqtlarimiz ko‘p bo‘lgan", deydi. "Payg‘ambar alayhis-
salom Shira (xontaxta) qo‘yib, laganda ovqat yemaganlar. (Faqat davlatmand
odamlargina shunday imtiyozlarga ega bo‘lgan.) Qayta-qayta elakdan o‘tkazilgan mayin
unning nonini og‘izlariga solmaganlar, qaynagan suvga bosib o‘ldirilgan qo‘yning
go‘shtidan totmaganlar", deydi Anas. (O’sha paytda o‘ziga to‘q odamlar qo‘yni qaynagan
suvga bosishardi-da, junini yulib, terisi bilan pishirib yeyishardi.)
Rasululloh ichiga xurmo daraxtining po‘stlog‘i solingan charm to‘shakda yotardilar.
Hafsa shunday hikoya qiladi: "Rasulullohning to‘shagi bittagina palos edi, uni ikki buklab
solib berardik. Bir kuni palosni to‘r buklab solib bergan edik, ertasiga u kishi palosni
necha qavat qilib to‘shaganimizni so‘radi, biz to‘rt buklab solganimizni aytganimizda,
bundan keyin ikki qavat qilib solinglar, bugun o‘rinning yumshoqligi meni namozdan
qo‘ydi, degan. Hazrati Oisha: "Rasululloh to‘yguncha ovqat yegan emas, lekin hech
qachon birovga zorlanmagan. Boylikdan ko‘ra yo‘qsizlikni yaxshi ko‘rardi. Ko‘pincha
ochlikdan tuni bo‘yi qorni og‘rib chiqar, lekin shunga qaramay kunduzlari ro‘za tutardi.
Agar u kishi Ollohdan butun olamning xazinayu ne’matlarini, to‘kin-sochin hayotni
so‘rasa berishi muqarrar edi biroq rasululloh so‘ramasdi. U kishining ahvoliga achinib
yig‘lardim, ochlikdan og‘riyotgan qornini ikki qo‘llab silab chiqardim. Senga jonim fido
bo‘lsin, xazinadan ehtiyojingga yarasha mol-dunyo olaqolmaysanmi, deganimda u kishi:
ey Oisha, menga mol-dunyoning nima keragi bor? Mening irodali payg‘ambar do‘stlarim
bundan ham og‘ir ahvolga chidashgan, shu sababli ular Ollohning dargohiga borganda
hurmatga, savobga erishishdi. Men farovon hayot kechirib, Ollohning dargohida
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |