www.ziyouz.com kutubxonasi
164
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING MO’JIZALARI
Payg‘ambar alayhis-salomning yuqorida bayon etilgan ulug‘ ishlari, go‘zal siyratlari
(tarjimai hollari, turmush tarzlari hamda bosib o‘tgan yo‘llari), beqiyos ilmlarni,
favqulodda aql-zakovatlari, xushmuomalaliklari, rostgo‘yliklari hamda yuksak
kamolotlariyu betakror fazilatlari haqida mulohaza yuritgan odam u kishining chin
payg‘ambarligiga, da’vatlarining to‘g‘riligiga zarracha shubha qilmaydi. Shunday
mulohazakor kishilar favqulodda mo‘jizalar talab qilmasdanoq musulmon bo‘lishgan.
Shunday kishilardan bo‘lmish Abdulloh ibn Salom: "Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga
kelganda yuziga bir qaraboq yolg‘onchi emasligini bildim", deydi.
Imom Muslim rivoyat qilishicha, Zimod ismli kishi payg‘ambar alayhis-salomning
huzurlariga kelganda u zoti muborak: "Barcha hamdu sano Ollohga xos, Ollohni madh
etamiz va Ollohdangina madad so‘raymiz, Olloh hidoyat etgan odamni yo‘ldan urish
mumkin emas, Olloh adashtirgan odamni esa hidoyat qilib bo‘lmaydi. Guvohlik
beramanki, yolg‘iz Ollohdan boshqa hech iloh yo‘q, uning sherigi ham yo‘qdir,
Muhammad uning bandasi hamda elchisidir", deganlarida Zimod g‘oyat mutaaasir bo‘lib:
"Shu gaplaringni yana bir takrorlagin. Aytganlaring ayni muddao bo‘ldi, qo‘lingni ber,
men bay’at qilaman", degan.
Rasululloh Ummon podshosini dinga da’vat etganlarida hukmdor: "Xudo haqqi, meni
umumiy payg‘ambarga ergashishga undagan narsa, u odamlarni boshlagan yaxshi
ishlarga avvalo o‘zi amal qilishi, ularni qaytargan yomon ishlardan oldin o‘zi tiyilishi
bo‘ldi. U g‘alaba qozonsa, ortiqcha quvonib ketmaydi, mag‘lubiyatga uchrasa
umidsizlikka tushmaydi. Va’dasiga vafodor, hamisha so‘zining ustidan chiqadi, men
uning payg‘ambarligiga shohidman", degan.
Olloh taolo Islomning haq din ekanini isbotlash uchun payg‘ambar alayhis-salomni
juda ko‘p mo‘jizalarga muyassar etgan. Sarvari olam barcha payg‘ambarlar orasida
mo‘jizalari ko‘p, dalil-isbotlari kundek ravshan zotdirlar. Sizni xursand qilish va
e’tiqodingizni musahkamlash uchun ko‘pgina sahobalar rivoyat qilishgan va muhaddislar
sahih kitoblarida bayon etgan ayrim mo‘jizalarni bayon etamiz. Gapimizni bu
mo‘jizalarning eng oydini va buyugi bo‘lmish Qur’oni Karimdan boshlaymiz.
Qur’onning o‘zida hayratomuz mo‘jizalar ko‘p. Biz shartli ravishda ularni to‘rt
turkumga ajratamiz:
Birinchisi: Qur’oni Karim mundarijasining boyligi, so‘zlarning sermazmunligi,
fasohatliligi, g‘oyat ixchamligi, arablardagi so‘z o‘yinidan ustun turishidir. Arablarda so‘z
san’ati taraqqiy etgan bo‘lib, ularning tili boshqa xalqlarnikiga nisbatan ilmu hikmatlarga
boy, kishini hayronu lol qoldiradigan darajada o‘tkir va lo‘nda edi. Ollohning bu
marhamati arablarning tabiatiga singib ketgan edi. Ularning odamdagi nutqi ham
san’atkorona bir ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, so‘z orqali ko‘zlagan maqsadlariga erishar,
mushkul ahvolga tushganda ham, jang maydonlarida raqib bilan yuzma-yuz kelganda
ham so‘z mahoratini ishga solishar, aslo behuda gap gapirishmasdi; birovlarni
maqtashsa ham, hajv qilishsa ham, do‘stlik izhor etishsa yoki koyishsa, baribir, aytilgan
so‘z sehrdek ta’sir kuchiga ega bo‘lardi; so‘z durdonalarini marjondek terib, aqllarni lol
etishar, qiyinchiliklarni bemalol yengishar, kin-adovatlarni aritib yuborishar yoki
aksincha battar kuchaytirishar, qo‘rqoqlarni botir, nomi chiqmaganlarni olamga
tanitishar, taniqli kimsalarni tuproqqa teng qilishardi. Sahroyi arablarning tili sof, lo‘nda,
keskin, tantanavor bo‘lib, ular o‘ta samimiy va jozibali so‘zlashar edilar.
Qisqa va chiroyli gapiruvchi shaharliklar ortiqcha takallufni bilmaydigan yengiltabiat
edi. Xoh sahroyi bo‘lsin, xoh shaharlik, baribir, arablarning tili boy va jarangdor edi. Ular
o‘z maqsadini juda ravshan bayon etishardi; tilning turli uslub va usullarini yaxshi
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |