www.ziyouz.com kutubxonasi
159
javob qaytarganlar. Payg‘ambar alayhis-salomning saxovatlariga doir misollar haddan
tashqari ko‘p, ularning hammasini bayon etishning imkoni yo‘q.
Payg‘ambar alayhis-salom jasoratli va botir kishi edilar, sheryurakligi bilan dong
taratgan odamlar qaltis vaziyatlarda orqaga chekinganlarida ham sarvari olam jang
maydonini tashlab qochmaganlar. Aksincha olg‘a intilib, hammani kurashga undaganlar,
orqaga chekinishni xayollariga ham keltirmaganlar. Rasulullohning Hunayin va Uhud
g‘azotidagi qahramonligini yuqorida bayon etdik. Ibn Umar: "Rasulullohdan ko‘ra jasur,
saxiy, qanoatli kishini ko‘rgan emasman", deydi. Ali ibn Abu Tolib: "Biz eng mushkul
paytlarda rasulullohga iltijo qilardik. Jang maydonlarida, payg‘ambar dushmanga eng
yaqin joyda turardi, Badr g‘azotida rasululloh g’anim bilan yuzma-yuz turib, mislsiz
qahramonlik ko‘rsatdi", deydi. Anas: "Rasululloh eng qahramon, eng chiroyli, eng saxiy
kishi edi. Bir kuni kechasi Madina aholisi vahimali ovozdan uyg‘onib, dushman hujum
qilgan bo‘lsa kerak, degan xayolda qurollanib, ovoz kelgan tomonga qarab yurdi.
Vaholanki, rasululloh allaqachon Abu Talhaning yaydoq otiga minib, vaziyatni aniqlab
kelibdilar. "Qo‘rqmanglar, hech gap yo‘q!" deya odamlarni xotirjam qildilar.
Payg‘ambar alayhis-salom dunyodagi eng hayoli odam bo‘lganlar, birovlarning
ayblarini ko‘rib turib ko‘rmaslikka olardilar. Abu Said Xudriy: "Rasululloh go‘shangadagi
kelinchakdan ham hayoliroq edi. Biror ishni yoqtirmagani shundoqqina yuzidan bilinib
turardi, u kishining rangi tiniq va nafis edi. Oliyjanob va hayoli bo‘lgani uchun birovlarga
malol keladigan gapni yuzma-yuz turib aytmasdi", deb eslaydi. Hazrati Oisha raziyallohu
anho: "Rasululloh birovlar haqida biron yomon gap eshitsa, hech qachon falonchi
bunday ish qilibdi, deb otini atamas, aksincha oramizda shunday ish qilib yurganlar bor
ekan, deya tanbeh berish bilan cheklanardi. U kishi odob axloqqa zid so‘z, xatti-
harakatlardan yiroq edi. Bozorlarda shovqin-suron solmas, yomonlikka yomonlik bilan
javob qaytarmas, yomonlik qilganlarni albatta avf etardi" deydi.
Hazrati Ali: "Payg‘ambar alayhis-salom eng bag‘ri keng, eng rostgo‘y, eng muloyim va
eng xushmuomala odam edi", deydi. Rasululloh kishilarni o‘zlaridan yiroqlashtirmas,
aksincha doim o‘zlariga jalb etib turardilar. Har bir qavmning yaxshi odamini e’zozlab,
uni o‘z aymog‘iga boshliq qilib qo‘yardilar. Odamlarni biron narsadan
ogohlantirastganlarida avzoyini o‘zgartirmay va peshonlarini tirishtirmay gapirardilar.
Rasululloh o‘ta hushyor odam edilar. Sahobalarni tez-tez yo‘qlab turardilar, davralarda
suhbatdoshlariga o‘ziga yarasha joy ko‘rsatardilar. Bunday yig‘inda ishtirok etgan
kishilarning har biri rasululloh hammadan ko‘ra mening hurmatimni joyiga qo‘ydilar,
degan fikr bilan o‘z ko‘nglini chog‘ etardi. Payg‘ambar alayhis-salom hojatmand bo‘lib
kelgan odamni bajonidil qabul qilib, arziga sabr-toqat bilan quloq solardilar. Imkoni
bo‘lsa, bunday odamlarning hojatini chiqarar, imkoni bo‘lmasa, yaxshi gap bilan ko‘nglini
ovlab, kuzatardilar. Payg‘ambar alayhis-salomning fe’l-atvori shu qadar yoqimli ediki,
odamlar u kishining bundan boshqacha bo‘lishlari mumkinligini tasavvur etisholmasdi.
Haqiqat oldida rasululloh uchun kishilarning hammasi barobar edi. Ibn Abu Hola u kishini
shunday ta’riflaydi: "Rasululloh hamisha ochiq chehra, yoqimli, muloyim edi. U kishi
to‘ng, qo‘pol, shovqin soladigan, odobsiz, haddan ziyod ayblaguvchi yoki madhiyalovchi
emasdi". Olloh Taolo Oli Imron surasining 159-oyatida rasululohga murojaat etib
tayinlaydi: "Sen Ollohning rahmati bilan ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, bag‘ritosh
bo‘lganingda ular yoninga yaqin yo‘lashmasdi. Ularni afv et, ular uchun istig‘for ayt,
hamma ishda ular bilan kengash". Olloh taolo Fussilat surasining 34-oyatida yana
bunday deb uqtiradi: "Yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytar. Shunday qilsang sen
bilan adovatda bo‘lgan odam do‘stingga aylanadi".
Payg‘ambar alayhis-salom chaqirgan yerga borardilar, berilgan sovg‘a oz bo‘lsa-da,
rad etmay olardilar va shunga yarasha qaytarardilar. Sahobalari bilan hazillashardilar,
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |