www.ziyouz.com kutubxonasi
156
Insonda qancha ko‘p va qancha yuqori bo‘lsa shuncha fazilat sanaladigan narsalar
bor. Obro‘-e’tibor shular jumlasidandir. Donolar ta’kidlashicha, kishining obro‘siga qarab,
uning hurmati belgilanadi. Olloh taolo Iso alayhis-salomni "dunyo va oxiratda obro‘li",
deya sifatlagan. Muhammad alayhis-salom esa payg‘ambar bo‘lishlaridan avval ham,
keyin ham el-yurtning hurmatiga sazovor bo‘lganlar. Mushriklar payg‘ambar alayhis-
salom bilan sahobalarga ozor berishni, suiqasd qilishii ko‘zlashsa-da, ko‘pincha u
kishidan hayiqishar, baribir, yo‘riqlariga yurishardi. Birinchi marta duch kelgan odamni
payg‘ambar alayhis-salomning salobatlari bosardi. Qiyla degan ayol rasulullohni
ko‘rganda qo‘rqqanidan osq-qo‘li bo‘shashib, qaltiray boshlaganda u kishi: "Ey miskina,
qo‘rqma, o‘zingni bosib ol", deganlar. Ibn Mas’ud rivoyat qilgan bir hadisda aytilishicha,
bir odam payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib, gapirolmay qalt-qalt
titrayerganda, rasululloh: "Qo‘rqma, men podshoh emasman", deganlar.
Muhammad alayhis-salomning qadr-qimmati balandligi va Olloh taolo u kishini
payg‘ambarlikka tanlagani bu dunyoda erishgan eng yuqori martabalaridir. Oxiratda esa
rasululloh bani inson sayyididurlar.
Odamlar mol-dunyosi ko‘pligi bilan faxrlanishadi, boy-badavlat kimsa bir kunimizga
asqotib, hojatimizni chiqararmikin, degan ilinjda kishilar ularni katta bilib, izzat-ikrom
qilishadi. Mol-mulki ko‘pligi fazilat emas, boyligini o‘zining va boshqalarning ehtiyoji
uchun sarflab, yaxshi nom qozonsa va kishilarning hurmatiga erishsa, ahli dunyo
nazarida katta olijanoblik hisoblanadi; agar bisotini oxiratni ko‘zlab yaxshi yo‘llarga,
foydali ishlarga sarflasa, hamma odamning nazarida fazilat sanaladi. Badavlat odam
baxil bo‘lib, boyligini yaxshilikka sarf etish o‘rniga mol-mulk to‘plashga hirs qo‘ysa,
bunday boylikning qadri yo‘q, mulkdor esa baxil, pastkash degan haqoratga uchraydi.
Payg'ambar alayhis-salomning qo‘llariga yer yuzining xazinalari, mamlakatlariing kalitlari
topshirilgan, g‘animatlar u kishiga halol qilingan edi. Rasululloh hayot vaqtlarida Hijoz,
Yaman, Shom, Iroqning bir qismi, arab yarim oroli fath etilib, juda ko‘p g‘animat, xiroj,
zakot mollari keltirilgan, yaqin yiroqdagi podshohlar had-hisobsiz sovg‘a-salomlar
yuborishgan edi. Lekin payg'ambar alayhis-salom bu narsalarni shaxsiy mulk sifatida
o‘zlashtirib olganlari, biron tangalik narsani o‘z ehtiyojlari uchun ishlatganlari yo‘q,
hamma narsa tegishli joyga sarflandi. Odamlar boyib, musulmonlarning beli baquvvat
bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Uhud tog’idek oltinim bo‘lsa, undan Olloh yo‘lida
sarflash uchun mo‘ljallanganidan tashqari biron dinorni olib qolish meni xursand
qilmaydi", deganlar. Kunlarning birida rasulullohning qo‘llariga Murra dinorlari kelgan
edi, uning ozginasini qoldirib ayollaridan birining qo‘liga berib qo‘ydilar. Lekin baribir
yotib uyqulari kelmadi, to qolgan dinorlarni ham bo‘lib bermagunlaricha ko‘ngillari joyiga
tushmadi. Yonlarida hech vaqo qolmagandan keyingina: "Endi xotirjam bo‘ldim", deya
yengil tin olganlar.
Payg‘ambar alayhis-salom vafot etganlarida jangovar sovutlar oilasining xarajati
uchun garovga qo‘yilgan edi. U zoti muborak oziq-ovqat, yengil bosh, uy-joyning
ehtiyojiga yarashasi bilan qanoatlanganlar, ortiqcha narsalarga sira qiziqma-ganlar.
Sarvari olam sira kiyim tanlagan emaslar, ko‘pincha dag‘al gazlamalardan tikilgan to‘n
va shunga o‘xshash liboslar kiyardilar. Vaholanki, huzurlaoiga tashrif buyurganlarga oltin
hal bilan ziynatlangan to‘n kiydirar, kelolmaganlarga jo‘natib yuborar edilar. Bu narsa
payg‘ambar alayhis-salom bu dunyoning boyligiga sira qiziqmaganlarini, bor narsalarini
mustahiq (zakot olishi lozim bo‘lgan odam)larga sarf etish fazilatiga ega ekanliklarini
ko‘rsatadi. Go‘zal odob-axloqlardan iborat xislatlar husni xulq deyiladi. Rasululloh
bunday xislatlarning timsoli edilar. U kishining husni xulqlari har jihatdan kamolatga
yetgan, mukammmal edi. Olloh taolo nur surasining 4-oyatida payg‘ambar alayhis-
salomni maqtab: "Sen chindan ham yuksak axloq egasisan", degan. Hazrati Oisha
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |