www.ziyouz.com kutubxonasi
169
Baro bilan Salama ibn Akva’lar rasulullohning duolari sharofati tufayli Hudaybiyadagi
buloq suvi ko‘payganligini rivoyat qili-shadi. Abu Qatoda rivoyat qiladi: "Bir safarda
odamlar rasulullohga tashnalikdan shikoyat qilishdi. Rasululloh sopol obdasta so‘ragan
edi, men darrov topib keldim. Rasululloh uni qo‘ltigiga qisib, jo‘mragini og‘ziga tutib,
dam soldimi yoki biron boshqa narsa qildimi, bilmadim, sharillab suv tusha boshladi.
Odamlar tashnaligini qondirib, idishlarini to‘ldirib olishdi. Razm solib qarasam, sopol
obdasta men keltirib berganimda qanday bo‘lsa, shundayligicha turibdi. Lekin shu
kichkinagina idish yetmish ikki odamni suv bilan ta’minladi.
Turli joy va turli vaqtlarda yuz bergan bunday voqealarni sahobalar ko‘p rivoyat
qilishadi. Roviylar rostgo‘y, ishonchli odamlar bo‘lishgani uchun bu gaplarning chinligiga
zarracha shubha yo‘q.
Rasulullohning birgina harakatlari va duolari bilan oziq-ovqatning barokatli bo‘lib
ketgani ham u kishining mo‘jizalaridan biridir. Talxaning rivoyat qilishicha, rasululloh
Anas qo‘ltig‘iga qisib kelgan bir nechta arpa non bilan yetmishdan ortiq kishini
to‘ydirganlar. Payg‘ambar alayhis-salom nonlarni mayda ushatib, Olloh rozi bo‘ladigan
duolarni o‘qib, dam solganlar.
Jobirning rivoyat qilishicha, Xandaq g‘azotida rasululloh uch kilogrammga yaqin
arpayu bitta uloqchaning go‘shti bilan ming odamga yetadigan ovqat tayyorlatganlar.
Jobirning aytishicha, o‘sha kuni odamlar to‘yib ketganidan ovqat ortib qolgan, hatto
ortgan xamirdan non ham yopishgan. Payg‘ambar alayhis-salom xamir bilan qozonga
dam solishlari tufayli hamma narsaga beadad baraka kirgan. Abu Ayyubning rivoyat
qilishicha, u rasululloh bilan Abu Bakr ikkalasiga loyiq ovqatii pishirgan. Payg‘ambar
alayhis-salom mana shu ovqatni bir yuz sakson kishiga yetkazganlar. Shunga o‘xshash
voqealarni Abdurahmon ibn Abu Bakr, Salama ibn Akva’, Abu Hurayra, Umar ibn Xattob,
Anas ibn Molik kabi sahobalar ham rivoyat qilishadi.
Yog‘ochning rasulullohni sog‘inib nola qilgani ham u zoti muborakning
mo‘jizalaridandir. Jobir ibn Abdulloh: "Masjidning xurmo yog‘ochidan qilingan ustuni bor
edi. Rasululloh shu ustunga suyanib xutba o‘qirdilar. Minbar yasalib, xutba minbarda
o‘qiladigan bo‘lgach, ustun xuddi jonli hayvondek nola qilganini eshitganmiz", deya
hikoya qiladi. Anasning rivoyat qilishicha, ustunning faryodidan masjidning devorlari
zirillab ketgan. Sahlning aytishicha, bu ovozni eshitgan odamlar o‘zlarini tutolmay yig‘lab
yuborishgan. Muttalibning xotirlashicha, ustun tars yorilib ketgan. Rasululloh kelib silab
qo‘yganlaridan keyingina jimib qolgan. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bu ustun Ollohning
zikridan judo bo‘lgani uchun nola qildi. Xudo haqqi, agar uni ushlab olmasam ustun to
qiyomatgacha faryod urar edi", deganlar. Rasulullohdan ayrilganiga chidolmay nola
qilgan ustun u kishining amriga binoan minbarning ostiga ko‘milgan. Boshqa sahoba va
tobeinlar (sahobalarni ko‘rganlar) shunga o‘xshash ko‘pgina g‘aroyib voqealarni hikoya
qilishadi.
Xasta va mayib-majruhlarni davolaganlari ham rasulullohning o‘zlariga xos
mo‘jizalaridir. Uhud g‘azotida Qatoda ibn No‘monning ko‘zi qinidan chiqib ketdi,
rasululloh uni kosasiga solib qo‘yishi bilan asl holiga kelib qoldi. Ziq irid g‘azotida Abu
Qatodaning yuziga o‘q tegib, jarohatlandi, rasululloh dam solib qo‘yishlari bilan darrov
jarohati tuzaldi. Terlama kasaliga chalinganda ibn Muloib Asinna darrov rasululohga
xabar yubordi. Payg‘ambar alayhis-salom bir chimdim tuproqqa dam urib xabarchiga
tutqazganlar. Xabarchi rasululloh meni mayna qildilar, degan o‘yda dili og‘rib iziga
qaytgan. Dardi og‘irlashib, isitmadan alahsirab yotgan Asinna u olib kelgan tuproqni
og‘ziga solishi bilan birdan yengil tortib, dardi arigan. Xaybar g‘azotida hazrati Alinnig
ko‘zi og‘riganda, rasululloh hech qanday dori-darmonsiz uni tuzatib yuborganlarini
yuqorida bayon etib o‘tdik. Bunday hayratomuz voqealarni sanab sanog‘iga yetib
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |