Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
53
degan joyda karvonga duch keldilar.
Ikki tomon saf chekib, jangga hozirlanayotgan
paytda Juhayna qabilasining oqsoqoli Majdi ibn Amr Juhaniy o‘rtaga tushib qon
to‘kilishining oldini oldi, ikki tomon omon-omonlikda o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi.
Musulmonlar ozchilik, mushriklar bir necha hissa ko‘pliginy
nazarda tutib, rasululloh
Majdining ishini ma’qulladilar.
Shu yilning Shavvol oyida Ubayda ibn Horis boshchiligida muhojirlardan sakson kishi
yana mushriklarning yo‘lini to‘sishga otlandilar, bu safar Mistah ibn Usosa a’lambardor
bo‘ldi. Qurayshlarning karvonida ikki yuz nafar odam bor edi. Ikki tomon Robig‘ degan
joyda uchrashganda hech qanday tayyorgarliksiz kamondan bir-biriga o‘q yog‘dira
boshladi. Mushriklar musulmonlar bunchalik oz bo‘lishi
mumkin emas, yaqin atrofda
pistirmasi bor, degan xavotirda qocha boshlashdi, musulmonlar ularni ta’qib etib
quvmadi. Mushriklardan Miqdod ibn Asvad, Utba ibn G’azvon musulmonlar tomoniga
qochib o‘tdilar. Ilgariroq islom diniga kirgan bu odamlar
anchadan beri musulmonlar
safiga qo‘shilish imkonini topolmay yurishgan edi.
VAFOT ETGANLAR
Shu yili muhojirlikda rasulullohning ikkala hijratida qatnashgan emikdosh birodarlari
Usmon ibn Maz’un vafot etdi. Usmon dafn etilgach, payg‘ambar alayhis-salom uning
qabriga suv sepishni buyurdilar. Tuproq uyumi cho‘kkach, ustiga tosh qo‘ydilar va
qarindoshimning qabrini
shu toshdan topib olaman, oilamda kim qazo qilsa shu yerga
qo‘ydiraman, dedilar. Qabrlarga tosh qo‘yishdan maqsad shu edi, biroq keyingi paytlarda
qabr ustiga turli hashamatli binolar qurib, naqshlar bilan
bezash mozorni butxonaga
aylantirishga o‘xshagan bir ish. Marhumning qarindosh urug‘lari qabr tepasida
o‘tkazadigan turli-tuman rasm-rusmlar xuddi mushriklarning butxonalarda olib
boradigan marosimlariga o‘xshaydi. Oxiratga taalluqli ishlarda rasululloh qilmagan
narsalar bilan mashg‘ul bo‘lish gumrohlikdir.
Shu yili Najjor jamoasining boshlig‘i Asad ibn Zurora vafot etdi. Uning vafotidan keyin
rasululloh bu jamoaga bosh bo‘lishni
ixtiyor etdilar, chunki u kishining najjorlar bilan
qarindoshligi bor edi. Ko‘p o‘tmay ikkinchi Aqoba bay’atida hammaga vakolatan gapirgan
Baro’ ibn Ma’rur ham olamdan o‘tdi. Xuddi shu yili Makka mushriklaridan Valid ibn
Mug‘ira o‘ldi. U jon talvasasida yotgan paytida qattiq beorom bo‘ldi. Jiyani Abu Jahl
undan: "Nimadan bunchalik bezovta bo‘lyapsan?" deb so‘radi "Men o‘limdan qo‘rqib
beorom bo‘layotganim yo‘q, — dedi Valid. — Makkada Abu Kabshaning o‘g‘li o‘ylab
topgan din g‘alaba qozonishi mumkinligidan xavotirdaman." "Xotirjam bo‘l,
Muhammadning dini g‘alaba qozonmasligiga mana men kafil", — dedi Abu Sufyon.
Ketma-ket Os ibn Voil ham qazo topdi. Olloh Taolo musulmonlarni o‘taketgan
zolim ikki
badbaxtdan xalos etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: