www.ziyouz.com kutubxonasi
57
bilan to‘qnashmay qaytishga qaror qildi. Biroq Olloh taoloning irodasi uning istagidan
ustun keldi. Umayyaning xohish-irodasiga zid holda ajal uni Badrga sudrab keldi.
Quraysh oqsoqollaridan ko‘plari bitta karvon uchun musulmonlar bilan urushishni
istamas, biroq ko‘pdan ajrab qolishning ham iloji yo‘q edi. Cho‘riyu-qullar oldinda
musulmonlarni hajv qiluvchi qo‘shiqlarni aytib borishar, orqada ot, tuyalarga mingan
mushriklar dabdabayu-as’asa solib kelishardi. Ularning bu holati Anfol surasining 48-
oyatida aniq bayon etilgan: "Vaqtiki kelib shayton ularga o‘z amallarini yaxshi ko‘rsatib,
sizlarni hech kim yengolmaydi, men sizlarning madadkoringizman, dedi. Ikki qo‘shin
to‘qnashgan paytda esa shayton orqasiga qochdi va qo‘limdan hech narsa kelmaydi,
sizlarga yashirin narsalarni ko‘rib turibman, men chindan ham Ollohdan qo‘rqayapman,
uning ovozi (juda ham) vahimalidir", dedi. Esli-hushli odamlar ibrat olishlari uchun
parvardigor Hashr surasining 16-oyatida shaytonning qilmishlarini misol keltiradi:
Munofiqlar shaytonga o‘xshaydi. Payti kelganda shayton insonga kofir bo‘l, dedi. Inson
kofirlik ko‘chasiga kirgach, men rostdan ham hech narsaga arzimayman. Men barcha
olamlarning parvardigori Ollohdan juda ham qo‘rqaman, dedi".
Abu Sufyonga yordamga otlanganlarning soni to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuzi
tuyada, ikki yuz ellik kishi otliq edi. Mushriklarning bu hatti-harakatlaridan bexabar
payg‘ambar alayhis-salom o‘z qo‘shinini ko‘zdan kechirib, jangga yaroqsiz, nimjon,
kasalvandlarini Madinaga qaytarib yubordilar. Ikki kishini karvondan xabar olib kelishga
jo‘natdilar. Ular Madinadan o‘ttiz-qirq mil olisdagi Rakho degan joyga yetib kelishganda
mushriklarning katta qo‘shini jangga otlangani, ularning erta-indin Badr degan joyga
yetib kelajagi ma’lum bo‘ldi.
Rasululloh o‘z sarkardalarini yig‘ib: "Parvardigor menga yo karvon, yo quraysh askari
bilan uchrashishni havola etdi. Bu ikki ishdan qay birini tanlashni xohlaysizlar", dedilar.
Maslahat chog‘ida ba’zi birovlarning o‘ljaga ega bo‘lish uchun karvonni qo‘lga kiritishdan
boshqa niyati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, ba’zilar esa g‘azotga otlanganidan bexabar qolib
puxtaroq tayyorgarlik ko‘rib kelishmaganidan afsuslanishdi. Ularning gapi Anfol
surasining 7-oyatida bayon etilgan fikrga mos keladi: "Payti kelganda Olloh sizlarni ikki
guruhdan biri bilan uchrashishingizga ruxsat bergan edi. Sizlar kuchsizlar bilan
uchrashishni ixtiyor etdinglar". Miqdod ibn Asvod o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, Olloh
nimani buyursa, shuni qil. Xudo haqqi biz Muso alayhis-salomga: "Sen parvardigoring
bilan birga borib urushaver, biz bu yerda kutib turamiz", (Moida surasining 24-oyatida)
degan bani Isroilga o‘xshab muomala qilmaymiz. Biz sen bilan birga g‘azotga boramiz.
Agar bizni Barko‘lg‘amodga boshlasang ham hech ikkilanmay boraveramiz", dedi.
Rasululloh unga minnatdorchilik bildirib, ansorlarining fikrini so‘radilar. Aqoba bay’atida
ular payg‘ambar alayhis-salomni himoya qilishga so‘z berishgan bo‘lsa-da, u kishi bilan
birga jangga kirishlari aytilmagan edi. Avs qabilasining oqsoqoli Sa’d ibn Muoz "Ey
rasululloh biz sening payg‘ambarligingga ishonib imon keltirdik. Xudo nimani buyursa
shuni qil, biz gap-so‘zsiz senga ergashamiz. Agar manavi Qizil dengizga kirishni
buyursang, so‘zsiz bajo keltiramiz. Agar ertaga sen g‘anim bilan yuzma-yuz kelsang, biz
yoningda bo‘lamiz, bizning qanchalik sabr-qanoatli, bardoshli ekanimizni ana o‘shanda
ko‘rasan. Xudo xohlasa, bizlardan rozi bo‘lsang ajab emas, Xudoga tavakkal qilib
yo‘lingda davom etaver", dedi. Bu gapdan rasulullohning yuzlari nurlanib ketdi. "Sizlarga
xushxabar aytib qo‘yay, men mushriklarning jasadlarini ko‘rgandek bo‘lyapman",
dedilar. Bu gapdan musulmonlar qonli to‘qnashuv bo‘lishi muqararligini his etishdi.
Abu Sufyon poyu piyoda musulmonlarning qat’iyat bilan bostirib kelayotganini
eshitgach, shartta yo‘lini o‘zgartirib, dengiz sohili bilan qochib qoldi hamda qurayshlarga
xat yozib vaziyatni batafsil tushuntirgach, orqaga qaytishlarini tavsiya etdi. Lekin Abu
Jahl uning gapiga quloq solmay Badrga borib uch kun turib, tuyalarni so‘yib, rosa
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |