QIBLANING O’ZGARTIRILISHI
Payg‘ambar alayhis-salom Madinada turgan o‘n olti oy mobaynida Ka’bani qibla
qilishni istasalar-da, Baytulmuqaddasga qarab namoz o‘qidilar. Namozlarida
musulmonlarning qiblasini o‘zgartirishni o‘tinib, duo qilardilar. Bir kuni namoz
o‘qiyotganlarida parvardigordan hozirdan e’tiboran musulmonlar uchun qibla Ka’baga
o‘zgartirilgani haqida vahiy keldi. Rasululloh ibodatlarini buzmagan holda xonai Ka’ba
tomonga o‘girildilar, orqada namoz o‘qiyotganlar ham u kishiga ergashishdi. Amrim
imoni sust kimsalar shu voqea tufayli dindan qaytib, murtad bo‘lib ketdi. Kutilmaganda
qiblaning o‘zgartirilishi yahudiylarning islom diniga tosh otishlariga bahona bo‘ldi.
Vaholanki, mag‘ribu mashriq Ollohning ixtiyoridagi mulk. Kimni qayoqqa yuzlantirish,
kimni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uning izmidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |