www.ziyouz.com kutubxonasi
98
qarindosh-urug‘laringga hujum qilmoqchimisan? Quraysh xalqi zo‘rvonlik bilan Makkaga
bostirib kirishingga yo‘l qo‘ymaslikka qasam ichdi. Azbaroyi Xudo, atrofingga yig‘ib
yurgan bu betayin odamlaring payti kelganda seni albatta tashlab ketishadi", dedi. "Ha,
tiling tanglayingga yopishgur, biz payg‘ambar alayhis-salomni tashlab ketamizmi?" dedi
Abu Bakr g‘azablanib.
Urva rasulullohning soqolidan tutamlaydigan vajohatda qo‘lini paxsa qilib gap
boshlagan edi, Mug‘ira ibn Shu’ba uning qo‘lini siltab tashladi. Urva har qancha johil
bo‘lmasin, musulmonlar payg‘ambar alayhis-salom tahorat olgan suvni talashishlarini, u
kishining huzurida baland ovozda gaplashishmasliklarini, hatto u kishining yuziga tikilib
qaramasliklarini ko‘rib ta’sirlandi. U Makkaga qaytgach, qurayshlarga ko‘rgan-bilganlarini
ro‘y-rost aytdi: "Men Eron podshosi Kisro, rum podshosi Qaysar, Habashiston podshosi
Najoshiy huzurida bo‘lganman, lekin ularning birontasi Muhammad erishgan izzat-
ikromga, sahobalar ko‘rsatgan sadoqatga erisholmagan. Muhammadga ergashganlar uni
hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymasligiga amin bo‘ldim. Muhammadning talabiga rozilik
berish kerak, tag‘in o‘zinglar bilasizlar. Muhammad haq, taklifini qabul qilinglar. Men
butunlay sizlar tomondaman, lekin Muhammadning ustidan g‘alaba qozonishlaringga
ko‘zim yetmaydi", dedi.
Quraysh kattalari: "Bema’ni gaplarni gapirma. Muhammadni bu yil shaharga
kiritmaymiz, yanagi yil kelsin", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom esa o‘z navbatida
qurayshlarga muddaolarini anglatish uchun Usmon ibn Affonni elchi qilib yubordilar.
Qarindosh-urug‘ini ko‘rib kelishga ruxsat olgan o‘n kishi unga hamroh bo‘ldi. Rasululloh
Makkada qolgan musulmonlarga g‘alaba yaqinligi, Olloh taolo Islom dinini g‘olibu
muzaffar etajagi haqidagi xushxabarni yetkazishni tayinladilar. Usmon Makkaga Ibbon
ibn Sayid Umaviyning himoyasi ostida kirib, mushriklarga payg'ambar alayhis-salomning
gaplarini yetkazdi. Mushriklar: "Muhammadning Makkaga zo‘rlik bilan bostirib kirishiga
yo‘l qo‘ymaymiz", deyishdi va Usmonga Baytullohni tavof qilishni talab qilishdi. Usmon:
"Payg‘ambar alayhis-salomga ta’qiqlangan ish menga ham ravo emas", deb unamadi.
Gapi yerda qolganidan achchig‘langan mushriklar uni qamab qo‘yishdi. Bu xabar
musulmonlarga boshqacha tus olib, Usmon o‘ldirilibdi, degan tarzda yetib keldi.
Rasululloh qattiq qayg‘urib, Usmonning o‘chini olmaguncha qaytmaslikka ahd qildilar.
__________________
*Umra — Kai’bani Qurbon hayitidan boshqa vaqtda tavof qilish.
*Soniyatulmuror — Makka yaqinidagi joy va quduqning nomi.
*Hudaybiya — Makka yaqinidagi quduq va shu nom bilan ataladigan joy.
*Talbiya — Haj qilganda o‘qiladigan duo.
RIZVON BAY’ATI
Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarni mushriklar bilan urushi uchun bay’at qilishga
chaqirdilar. Musulmonlar katta bir daraxtning tagiga to‘planib, o‘limdan qo‘rqib orqaga
chekinmaslikka qasamyod qilishdi. (Keyinchalik Rizvon daraxti deb atalgan bu daraxtni
odamlar ilohiylashtira boshlagach, Umar roziyallohu anhu davrida kesib tashlangan.)
Musulmonlarning bay’ati haqidagi xabar mushriklarni vahimaga soldi. Ular musulmon
lashkarini qurshovga olib, to‘satdan hujum qilish uchun Mikraz ibn Xifs boshchiligida ellik
kishini jo‘natishdi. Musulmonlarning soqchisi Muhammad ibi Maslama ularni jangu
jadalsiz qo‘lga tushirdi. Faqat Mikraz qochib qutuldi. Buni eshitgan mushriklar yana bir
guruh odam yuborishdi, lekin qisqa to‘qnashuvda o‘n ikki kishi asir tushdi,
musulmonlardan esa bir kishi shahid bo‘ldi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |