www.ziyouz.com kutubxonasi
99
HUDAYBIYA SULHI
Bunday usul bilan musulmonlarga bas kelolmasligiga ko‘zi yetgan mushriklar Suhayl
ibn Amrni sulh tuzish uchun yuborishdi. U musulmonlar qarorgohiga kelib, rasulullohga
uchragach: "Ey Muhammad, yuz bergan voqealar bizning dono kishilarimiz ko‘rsatmasi
bo‘yicha emas, nodonlarning hovliqmaligi tufayli sodir bo‘ldi. Qo‘lga tushgan asirlarni
qo‘yib yuboringlar", dedi. "Oldin sizlar bizning odamlarimizni ozod qilinglar, keyin biz
ham asirlarni qo‘yib yuboramiz", dedilar payg‘ambar alayhis-salom. Mushriklar Usmon
ibn Affon boshchiligidagi o‘n kishini musulmonlar ham jangu jadalda qo‘lga tushganlarni
ozod qilishdi, Shundan keyingina Suhayl quraysh xalqi musulmonlar bilan tuzmoqchi
bo‘lgan sulhning quyidagi shartlarini ma’lum qildi:
1. Ikki tomon o‘n yilgacha bir-biri bilan urush qilmaslik;
2. Qurayshlardan qochib borganlarni musulmonlar qaytarib berishi, musulmonlardan
mushriklar tomonga o‘tganlarni esa qaytarmaslik;
3. Payg‘ambar alayhis-salom bu yil Baytullohni tavof qilmay qaytib ketishi, kelgusi yili
quraysh xalqi Makkadan chiqib ketganda sahobalar bilan qinga solingan qilich va
kamondan boshqa qurol-yaroq olmay muqaddas maskanni uch kun ziyorat qilishi;
4. Arab qabilalariga musulmonlar yoki qurayshlardan panoh tilash ixtiyorini berish.
Payg‘ambar alayhis-salom sulhning barcha talablariga rozi bo‘ldilar. Rasulullohning
kelishuvchanlik qilganlaridan ajablangan sahobalar: "Nega endi musulmon bo‘lib biz
tomonga o‘tganlarni qaytarib beramizu dindan qaytgan murtadlarni ulardan qaytib
olmaymiz?" deyishdi. payg'ambar alayhis-salom: "Murtad bo‘lib ular tomonga qochib
o‘tganlarni Olloh bizdan yiroqlashtirsin. Ulardan biz tomonga o‘tganlarni qaytarib bersak
parvardigor ularning mushkulini osonlashtirib, najot yo‘lini ko‘rsatadi", dedilar. Sulhning
3-bandi musulmonlarga juda og‘ir botdi, chunki rasulullohning tushlarida Baytullohni
emin-erkin ziyorat qilib qaytganlari ayon bo‘lgan edi. Rasulullohning aytganlari amalga
oshmasligi mumkinligidan hayratga tushgan Umar Abu Bakrdan buning sababini so‘radi.
"Rasululloh Ka’bani albatta bu yil tavof qilamiz, deganmidilar?" dedi.
Shundan keyin sulhnoma rasmiylashtirildi. Uni Ali ibn Abutolib yozdi. Rasululloh aytib
turdilar. Rasululloh sulhnomani Bismillahir rohmanir rohim, deb boshlagan edi, Suhayl:
"Bismikallohhumma (Ey Olloh, sening noming bilan boshlayman) deb yoz", deya talab
qildi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘shanday yoz deb buyurdilar. Keyin: "Ollohning elchisi
shunga sulh qiladiki", degan edi, Suhayl: "Sen Ollohning elchisi ekaningni bilganimizda
senga qarshi chiqmas edik, Muhammad ibn Abdulloh deb yoz, dedi. Payg‘ambar alayhis-
salom yana Suhaylning aytganidek yozishni buyurdilar, biroq Ali yozganlarini o‘chirishga
unamadi. Shunda rasulullohning o‘zlari xatni o‘chirib tuzatish kiritdilar.
Sulhnoma ikki nusxa yozilib, biri mushriklarga topshirildi, ikkinchisi musulmonlarning
o‘zlarida qoldi. Kutilmaganda sulhnoma yozilayotgan joyga oyog‘iga kishan solingan Abu
Jandal ibn Suhayl chigirtkadek irg‘ishlab kirib keldi. U musulmon bo‘lib Madinaga hijrat
qilishni ixtiyor etgani uchun otasi qamab qo‘ygan ekan. Rasululloh musulmonlardan
panoh istab kelgan Abu Jandalni yupatib: "Mendan xafa bo‘lmay qismatingga sabr qil.
Olloh taolo seni, senga o‘xshash musulmonlarni o‘z panohida asrab najot yo‘lini
ko‘rsatadi. Biz qurayshlar bilan sulh tuzib, ahdu paymon qilishdik, uni buzishimiz
mumkin emas", dedilar. Sulh tuzilgach, payg‘ambar alayhis-salom Xuzoa qabilasini,
qurayshlar esa Banu Bakr qabilasini o‘z himoyasiga olishdi.
Sulh tuzilib bo‘lingach, payg‘ambar alayhis-salom sahobalarga sochlarini oldirib,
qurbonlik qilib, ehromdan chiqishni buyurdilar. Motamsaro kayfiyatdagi musulmonlar
rasulullohning amrini bajo keltirishga unchalik oshiqmadilar. Bundan ranjigan
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |