QO’SHIN YUBORISH
Shu yili rajab oyida payg‘ambar alayhis-salom Madinaning shimolidagi Vodi Quro
degan joyda yashovchi bani Fizor qabilasi bilan orani ochdi qilib qo‘yish uchun Zayd ibn
Horisa boshchiligida qo‘shin jo‘natdilar. Bu qabila Zayd savdo qilib, Shomdan
qaytayotganida karvonga hujum qilib uning mol-mulkini tortib olgan, o‘zini o‘ldirishlariga
sal qolgan edi. Musulmonlar qo‘shini bani Fizor qabilasini qurshovga olib bir qism
odamini qirib tashladi, oqsoqollaridan birining qizini asir olib qaytdi. Rasululloh uni
Makka mushriklarining qo‘lidagi tutqin ayol bilan almashtirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |