Imomlik qilishi makruh bo‘lgan kishilar
Qulning, ko‘rning, (johil) badaviyning, otasi no-ma’lum kishining (ya’ni, valadi zinoning),
fosiqning hamda bid’atchining imom bo‘lishi makruhdir.
Izoh: Badaviy va valadi zino imom bo‘lishining makruh hisoblanishiga sababularning johil bo‘lishi
yoki imomat mas’uliyatlarini to‘la ado eta olmaslik ehtimoli borligidir. Karohatning asosiy sababi
valadi zino yoki badaviy bo‘lgani emas, balki johillikdir. Agar badaviy shaharlikdan, valadi zino otasi
aniq kishidan yanada fazilatli va yanada olim bo‘lsa, imomlik kilishlariga hech qanday mone’lik yo‘q.
Faqat valadi zino Islom dinida qattiq nafrat bilan qaralgan bir gunoh mahsuli bo‘lgani uchun uning
imom bo‘lishi jamoat kamayishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli har qancha olim va fazilat sohibi
bo‘lsa ham, ularning imomlik qilishi to‘g‘ri emas, deguvchilar ham bor.
Sunnat bo‘lgan miqdordan ortiqcha qiroat va tasbehlar bilan namozni cho‘zish, yalang‘och
kishilarning va ayollarning jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari makruhdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |