www.ziyouz.com
kutubxonasi
54
Majiduddin Muhammad
194
ki, olam mashhuridur, ta’rifg‘a ehtiyoj emas. Podshoh ani
yozg‘urg‘onda andin itloqig‘a zomin tilagandur. Ul alarg‘a iltimos qilibdur va alar taahhud qilg‘ondin
so‘ngra qochti. Oz fursatda, o‘n besh kunga tortmadikim, tutuldi. Azim qiyinlar tortti va boru yo‘q
jihotin devoniy qildilar. Shahrdin boshin olib, ovora bo‘ldi va hamul ovoraliqda fanog‘a bordi.
* * *
Bir panjshanba quni alar xizmatida Gozurugohdin qaytib keliladur erdi. Mahmud Habib otlig‘
devonai fosiqi abtariy shaharda bor erdikim, doim mast yurur erdi va yo‘luqg‘on elga tashne’lar va
safohatlar qilur erdi. Bu faqirni chun alar xizmatida ko‘rdi, alarg‘a abtar va devonalig‘ yuzidin uzromiz
hikoyatlar dey boshladi. Chun andin bu xilofi ma’hud edi. Faqir taajjub qildimkim, devonani ne nima
munga tutub erkinkim, odmiyona va xushmandona so‘zlar andin zohir bo‘ladur. Ba’zi mulozimlardin
so‘zin taqrir qildilarkim, tuno kun devonai abtariyi usruk alarg‘a yo‘luqub, ko‘p beadabona harzalar
deb, og‘zig‘a kelgan safohat qilg‘on erkandur. Bukunkim, faqirni alar xizmatida ko‘rubtur, bu xayol
bilakim, nogoh alar tuno kungi holni faqirg‘a izhor qilsalar, faqir devonai abtarg‘a izo qilg‘aymen deb
qo‘rqunchdin muloyamat qiladur ermish. Faqir bu so‘zni eshitgach, beixtiyor bar on bo‘ldumkim, anga
izo qilg‘aymen. Alar man’ qilib ayttilarkim:
Ul o‘z siyosatin topqusidur, sen hech nima dema. Hamul besh-o‘n kunda abtar devonani
bo‘zaxonada yana bir o‘zidek abtar bo‘ynin chopib o‘lturdi.
* * *
Tolibi ilmlar orasida Nohiqiykim, ani dev bila, shayotindin mutavallad bo‘lg‘on o‘g‘ul desa
bo‘lur, nohamvorliq va beandomlig‘i andin ko‘prak erdikim, ani sharh qilsa bo‘lg‘ay.
Ul jumladin biri bukim, alarg‘a munkir erdi va hazayonot ko‘p aytur erdi. Bir kun
Gavharshodbegim madrasasi tolibi-ilmlari bir bog‘da suhbat tutub, bug‘ro
195
pishiradur ermishlar. Alar
ta’rifida ba’zi mubolag‘a qiladur ermishlar. Nohiqiy inkor yuzidin bema’ni hashvlar aytur ermish.
Irodat ahli alarning devonin ochibturlarkim, ko‘rali: ul hazrat Nohiqiy bobida ne nima zohir qilurlar,
deb safhaning avvalida bu bayt kelibturkim.
She’r:
Pursat go‘shts man az subhai malak chu Masih,
Kujo mushavvishi xotir buvad nahiqi haram
196
.
O‘z favtlari voqeasidin o‘ttuz besh yil burunroq, ul yilkim Sulton Abusaid
197
mirzo avval qatla
Shohruhiya qo‘rg‘onin borib qabab erdi, ul yurushta Xoja Dehdor bilan erdi va Mavlono Qutbiddin
Nafis mulozimi erdi. Bir kecha alarni voqeada ko‘rgandurkim, aning sori boqib aytibturlarkim,
«Qur’on bixon». Ul podshoh zamonikim o‘tti va saltanat taxti sultoni sohibqiron Abulg‘ozi Sulton
Husayn Bahodirxon (xallada lillahi mulkahu va saltanahu)
198
ga muqarrar bo‘ldi, ul voqea tarixidin
194
Majduddin Muhammad – Husayn Boyqaro vazirlaridan.
195
Bug‘ro – Lag‘monga o‘xshagan xamir ovqat.
196
She’rning mazmuni:
Mening qulog‘im Masihga o‘xshash malakdan so‘radi:
Haram eshagining hangrashi xotirni tashvishga soladimi?
197
Sulton Abusaid – temuriylardan, Temur o‘g‘li Mironshohning nabirasi. 1451 y.da Movarounnaxr, 1467 y.dan boshlab
Xurosonda hukmronlik qilgan. U vafot etgach, 1469 y. Hirot taxtini Husayn Boyqaro egallagan.
198
(a.: Olloh mulki va saltanatini boqiy qilsin!)
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |