342. Abu Muhammad Rosibiy r. t.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Abdulloh b. Muhammad Rosibiy Bag‘dodiydur. Ibn Ato va Jaririy bila
suhbat tutubdur. Shomg‘a rihlat qildi va yana Bag‘dodga keldi. Va anda uch yuz oltmish yettida
dunyodin o‘tti. Ul debdurki, [o‘zing va Haq orasidagi eng katta parda – nafsing bilan mashg‘ulliging
va ishlaringda o‘zing kabi ojiz kishiga e’timod qilishingdir]
1
. Va ham ul debdurki, [g‘am-g‘ussa –
gunohlarning uqubatidir]
2
. Va ham ul debdurki, [Sufiyni yer ko‘tarmasa osmon unga soya solmasa,
xalq nazariga tusholmasa, hamda har qanday holatda murojaat etadigani – Allohu taolo bo‘lmasa, u
sufiy bo‘la olmaydi]
3
. Bir kun aning qoshida muhabbat so‘zi o‘tadur erdi. Dedikim, [muhabbat oshkor
bo‘lsa, oshiqni sharmanda qiladi, agar pinhon bo‘lsa, g‘amda halok etadi]
4
.
Do'stlaringiz bilan baham: |