351. Abulmuzaffar Tirmiziy r. t.
Oltinchi tabaqadindur. Oti Habbol b. Ahmad. Imom erdi, zohid va Hanbal mazhab. Tirmizda
muzakkirlik qilur erdi va Xizr a. s. bila suhbat tutar erdi. Muhammad Homid Doshgardning
shogirdidur. Va ul Shayx Abubakr Varroqning. Shayx ul-islom debdurki, aning yaxshi so‘zi ko‘pdur,
muomalot va zuhd va vara’ va taqvoda. Shayx ul-islom debdurki, Abulmuzaffar Tirmiziy va aning
ustodi Abu Hamid chibinni o‘zlaridin qo‘rimaslar erdikim, alardin uchub yana birav ustiga
qo‘nmag‘ay, go‘yo ul vaqt taqvo ahli kishi borinda chibinni qo‘rmas ekandurlar. Va alarg‘a ko‘p
mulohaza qilibdurlar, chibin qo‘rug‘onin ko‘rmaydurlar, hamono bu rioyat jihatidin Tengri alar ishin
chibindin kifoyat qilg‘andur.
Do'stlaringiz bilan baham: |