347. Abulhusayn Sarkiy r. t.
Ul Makkada mujovir erdi va Shayx Sirvoniy va Abulabbos Suhravardiy va Shayx Usoma va Abulxayr
Habashiy va Abusaid Sheroziy va Shayx Muhammad Soxarchi bila musohib erdi. Barcha bir-birining
yoronlari erdilar va mashoyix alarni ta’zim qilurlar erdi. Shayx ul-islom debdurki, Abulhusayn Sarkiy
jamoati mashoyix bila bodiyada erdilar. Samum yeli qo‘pti. Ul barchag‘a dedikim, qayg‘urmang! Bu
ish menga tushubdur. Men borurmen va sizlar barcha xalos bo‘lursiz va serob bo‘lursiz. Andoq erdi.
Ul samumg‘a o‘rtandn va bulut kelib yog‘di va alar serob bo‘ldilar va sel kelib ani eltti. Shayx ul-islom
dedikim, tiriklikda anga suv bermadi va suvsiz o‘lturub, ani suvg‘a berdi. Ul do‘stlari bila mundoq
qilur.
Do'stlaringiz bilan baham: |