344. Abulhusayn Sirvoniyi Sag‘ir q. s.
Oltinchi tabaqadindur. Oty Ali b. Ja’far b. Dovud. Mag‘rib Sirvonidindur. Ulug‘ Sirvoniyning
shogirdi Xavvosning sohibi, Misrda bo‘lur erdi. Makkada mujovirlig‘ qildi va anda dunyodin o‘tti.
Mu’oz Misriyning ham shogirdi erdi. Abubakr Mavoziniy va Junayd va Shibliy va Abulxayr Taynotiy
va Abu Ali Rudboriy va Kattoniy va Abu Ali Kotib va Abubakr Misriy va alardin o‘zgani ham vaqt
mashoyixidin ko‘rub erdi. Va Haram shayxi erdi o‘z vaqtida va ro‘zg‘or mashoyixi yagonasi. Va
Shayx Sulamiy sufiya tarixida debdurki, aning umri yuz yigirma to‘rt yilg‘a tortti. Umrining oxirida
muqayyad bo‘ldi, ammo har qachon muazzinqad qomat tortsa erdi, ayoq ustiga qo‘par erdi, namoz
qilg‘ondin so‘ngra yana muqayyad erdi. Va samo’ holida ham bu nav’ erdi. Va Shayx Amu va Shayx
Abbos aning diydorig‘a faxr qilurlar erdi. Va faxr qilmay ne qilg‘aylar erdiki, alarning faxri ul pir bila
farz erdi. Andin so‘rdilarki, tasavvuf nedur? Dedikim, «Himmatni yagona tutmak va xalqdin begona
bo‘lmoq». Ul debdurki, [so‘filar avrod bilan emas, voridot bilandir]
1
. Shayx ul-islom debdurki, Fath
Hoji debdurki, ul debdurki, sufi maqomoti u ahvoldin o‘tubdur, barcha aning qadami ostidadur va
aning holida jam’. Shayx ul-islom dedikim, Shayx Amu dedikim, Sirvoniy dedikim, [siddiqlarning
xotiridan ketadigan oxirgi narsa–rayosat sevgisidir]
2
. Va ham ul debdurki, [kimki, botil yo‘l bilan izzat
talab qilsa, Alloh uni Haq yo‘l bilan xor qiladi]
3
. Va ham ul debdurkim, [tasavvuf–xalqni tark qilish va
ziyoda himmatdir]
4
. Va andin so‘ng dedikim, [xalq–mehnatdir, nimagaki dahl qilsa uni buzadi]
5
. Va
ham ul debdurki, [kimki, tadbir qilishni tark qilsa, rohatda yashaydi]
6
. Va ham ul debdurki,
[odamlarning ofati – odamlardir]
7
. Va ham ul debdurki, [faqirlar rohatga oshiqqan dunyo va oxirat
podshohlaridir]
8
. Va ham ul dediki, [faqir – vaqt farzandi. Agar u kelajakka ko‘z tutsa, faqirlikdan
chiqadi]
9
. Va ham ul debdurki, Junayddin eshittimkim, dedikim, har kimga foqa yetishsa, anga bir
ortug‘ to‘n bo‘lg‘ayki, onsiz basar qila olg‘ay; ul foqa anga buxldin yetmish bo‘lg‘ay. Va ham
debdurki, [talabimizni qondiring, chunki talabimiz talab bilan hosil bo‘lmaydi]
10
. Va ham: ul debdurki,
Murta’ish dedikim, [faqir yigirma yil umrini o‘yin bilan o‘tkazsa-yu, so‘ng bir soat sadoqat ko‘rsatsa,
albatta najot topadi)]
11
. Pas Sirvoniy de-dikim, [Xudo saqlasin, ular o‘ynamaydilar!]
12
. Va ham ul
debdurki, Abulxayr Taynotiy dediki, manga do‘zax ahlig‘a ishrof berdilar. Alarning ko‘pi rikva va aso
va muraqqa’ ahli erdi. Pas Sirvoniy dedikim, aning mustavjibi bo‘lmadilar, magar yaqin qillatidin.
Do'stlaringiz bilan baham: |