341. Abulqosim Muqriy q. s.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Ja’far b. Ahmad b. Muhammad Muqriydur. Abu Abdulloh Muqriyning
qardoshidur. Xuroson buzurglari va mashoyixidin erdi, oliyhimmatu sohibhol. Va o‘z tariqida yagona
erdi. Shayx Sulamiy debdurki, [ko‘rinishda, viqorda va o‘tirishlikda mashoyixlardan birorta unga
o‘xshaganini ko‘rmadim]
1
.
Ibn Ato va Jaririy va Abubakr b. Abiy Sa’don va Abubakr Mumshod va Abu Ali Rudboriy q. s. bila
suhbat tutub erdi. Uch yuz yetmish sakkizda Nisoburda dunyodin o‘tti. Ul debdurki, orif uldurki, ani
ma’rufi mashg‘ul tutqay andinki, xalqqa yo rad, yo qabul ko‘zi bila boqqay. Ham ul debdurki, [sodiq
kishilar o‘zlari va pirlari haqidagi so‘zlarini tasdiqlash bilan tasvavufga baraka kira boshlaydi]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |