338. Abu Abdulloh Duniy q. s.
Mutaaxxirlardindur. Dunda bo‘lur ermish. Sho‘re bor ermish. Shayx ul-islom dediki, Xaraqoniy
manga dediki, Abu Abdulloh Duniyning shogirdi manga dedikim, bizing shayx mast keldi va mast
ketti. Shayx ul-islom dediki, aning shogirdi chin aytti. Xaraqoniy ayttikim, men ayttimki, ul Abubakr
Shibliy erdikim, mast keldi va mast kettiki, men ani o‘z qoshimda ko‘rdumki, havoda raqs qilur erdi va
manga shukr der erdi. Shayx ul-islom dedikim, Abu Abdulloh Duniydin so‘rdilarki, faqr nedur?
Dedikim, [odamlar orasida voqe’ bo‘lgan ismdurkim, ma’nosi tom bo‘lsa, u Allohu taolodir]
1
. Duniy
ko‘p Qur’on o‘qur erdi. Har qachon zakot yo sadaqa oyatig‘a yetsa erdi, xushhol bo‘lub, egnidin bir
nima chiqarib berur erdikim, eshikdin tashqari chiqarib qo‘yung, har kishi yetsa, olsun!
Do'stlaringiz bilan baham: |