172. Abulabbos Ahmad b. Yahyo Sheroziy. q. s.
Shayx Abu Abdulloh Hotifning ustodidur. Shayx debdurki, aningdek muhaqqiqe vajdda ko‘rmadim.
Junayd va Ruvaym va Sahl Abdullohni ko‘rub erdi. Shayx Abu Abdulloh dedikim, bir kecha Shayx
Ahmad Yahyo bila erduk va majlisda bir kichik yoshlig‘ bor erdiki, uyqu vaqti uyiga bormoq kerak
erdi. Va qish erdi va azim o‘t yoqib erdilar. Va Shayx Ahmad Yahyoning vaqti samo’da xush bo‘lub
erdi. Ba’zi ashob dedilar, kim bo‘lg‘anki bu yigitkinani uyiga yetkurgay? Hech kim javob bermadi.
Shayx Ahmad ul o‘tdin ikki ulug‘ cho‘g‘ni o‘z ovuchiga qo‘ydi va yengini anga yopib, ul shaxsqa
aytti, qo‘p! Va ilayiga ul yorug‘lug‘ni tutub, ani uyiga yetkurdi. Va biz ul chug‘ning yorug‘lug‘in
aning to‘ni ustidin ko‘radur erduk. Chun ul kishi uyiga kirdi, Shayx ul cho‘g‘larni iligidin tashladi,
ko‘mur bo‘lub erdilar. Andin so‘ng masjidqa kirdi va namoz qilur erdi, to sahar namozi ayttilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |