90. Talha b. Muhammad Saboh Niliy.
Abu Usmon Hiriy ashobining kiboridindur. Uch yuz ikkida dunyodin o‘tti. Abu Usmon Mag‘ribiy q.
s. anga dediki, tilarsanki, sanga bir pand bergaymenki, ellik yildurki, elga ul pandni beradurmen, qabul
qilmaydurlar. Ul dediki, tilarmen. Dediki, tuhmat kirdoringga qo‘y, to qiymat tutqay va tuhmat xalqdin
ol, to nizo oradin chiqqay. Ul qabul qildi va dedi: base kushodlar bu nasihat bobidin topdim.
91. Abulabbos b. Masruq r. t.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad Masruq, Tusdindur. Bag‘dodda sokin bo‘ldi va ikki
yuz to‘qson to‘qqizda olamdin o‘tti, vallohu a’lam. Junayd q. s. andin hikoyat aytur, Abu Ali
Rudboriyning ustodlaridindur va Sariy Saqatiy va Muhammad Mansur Tusiy va Muhammad b. Husayn
Barjaloniy bila suhbat tutubdur. Va qavmning qudamoyu kiboridindur. [Undan tasavvuf haqida
so‘radilar, aytdi: qalbni iloji bor narsadan xoli qilish va iloji yo‘q narsaga (Haqqa) bog‘lashdir]
1
.
Va ham ul debdurki, [kimki tadbirii tark qilsa, rohatda yashaydi]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |