572. Muhammad Avoniy Ibn ul-Qoid q. s.
Shayx Muhyiddin Abdulqodirning ashobidindur. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da
Hazrat-Shayx Muhyiddin Arabiy q. s.din mundoq naql qilibdurlarki, «Futuhoti Makkiya»da bitibdurki,
Shayx Abdulqodir ani Mufrad ul-hazrat der ermish va debdurki, Muhammad b. Qoid min al-mufradin.
Ham «Futuhot» sohibidin naql qilibdurlarki, mufradun jamoatidurlar, qutb doyirasidin xorij. Xizr a. s.
alardindur va Rasul s. a. v. bi’satdin burunroq alardin ermishlar. Ibn Qoid debdurki, barcha nimani
keyin soldim va yuz Hazratqa kelturdum. Nogoh yuzum ollida bir ayog‘ nishoni ko‘rdum, manga
hayrat voqe’ bo‘ldi. Dedim: bu kimning ayog‘ining nishoni erkinkim, hech kishini o‘zumdin sobiq
e’tiqod qilmas erdim. Dedilarki, sening Payg‘ambaring s. a. v.ning ayog‘i nishonidur. Ko‘nglum taskin
topti.
Do'stlaringiz bilan baham: |