Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Abu Madyan Mag‘ribiy q. t. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet500/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

574. Shayx Abu Madyan Mag‘ribiy q. t. s. 
 
 Oti Shu’ayb b. Hasan, yo Husayndur. Bu toifaning akobiridindur. Va mashoyixdin ko‘p aning suhbatu 
xidmatida tarbiyat topibdurlar. Va alardin biri Hazrat Shayx Muhyiddin Arabiydur. Va musannafotida 
aning zikrin ko‘p qilur va haqoyiqu maorifin ko‘p kelturur. Va Imom Yofi’iy debdurki, Yamanning 
aksar shuyuxining Shayx Abdulqodirg‘a nisbatlari bor va ba’zining Shayx Abu Madyang‘a nisbatlari 
bor. Bu biri Mag‘rib shayxidur va ul biri, ya’ni Shayx Abdulqodir, Mashriq shayxi r. a. va n. b. Hazrat 
Maxdum n. m. n. «Futuhot»din naql qilibdurlarki, sohibe debdurki, avliyoning biridin eshittimki, 
dediki, bu toifadin biri shaytonni tush ko‘rub, so‘rubdurki, sening holing Shayx Abu Madyan bilaki, 
tavhidu tavakkulda imomdur, nechukdur? Dediki, qachon tilasamki, aning ko‘ngliga bir nima 
solg‘aymen, anga o‘xsharki, birav muhit daryosig‘a bavl qilg‘ayki, ul nopok bo‘lg‘ay. Ham 
«Futuhot»dadurki, xaloyiq iliglarin Shayx Abu Madyang‘a surtub, tabarruk tayammum jihatidin 
yuzlariga surtarlar erdi. Shayxdin so‘rdilarki, bu jihatdin o‘z nafsingda hech asar toparsen? Dedi: buki, 
Hajar ul-asvadni xaloyiq tabarruk jihatidin o‘parlar, ul o‘zida ne miqdor asar toparki, ani hajariyatdin 
chiqarg‘ay, ulki ani avliyoyu anbiyo o‘parlar, men dag‘i o‘shancha asar o‘z nafsimda toparmen va 
menda ham ul hukm bor. 
 Bir kun Shayx Abu Madyan Mag‘rib diyoridin bo‘ynini past qildi va anttikim, [ey Allohim, men 
eshitganim va itoat qilganimga seni va farishtalaringni guvoh qilamang]
1
. Ashobe so‘rdilarki, bu 
so‘zning sababi ne erdi? Dediki, Shayx Abdulqodir bu kun Bag‘dodda dediki, [bu oyoqlarim har bir 
Alloh valiysining bo‘ynidadir]
2
.  
 Andin so‘ngra, ba’zi ashobi Shayx Abdulqodirning Bag‘doddii keldilar va xabar berdilar. Shayx ul 
so‘zni ham ul kun Bag‘dodda dedi. Har qachon Shayx Abu Madyan bu oyatni eshitsa erdiki, [Sizlarga 
juda oz ilm berilgandir]
3
, der erdiki, bu oz ilmki, Haq taolo bizga beribdur, bizing emasdur, balki 
oriyatdur bizda. Va andin ko‘piga yetishmaydurbiz. Pas, biz johillarbiz, alad-davom. 
 Bir qatla Shayx Abu Madyan daryo qirog‘ida borur erdi. Jamoate kuffordin ani asir qildilar va 
kemalarig‘a kivurdilarki, anda jamoate musulmonlarni asir qilib kivurur erdilar. Va bodbonlar 
torttilarkim, mulklarig‘a azimat qilg‘aylar. Kema yeridin qipranmadi, bovujude ulki, azim yel dag‘i 
borur erdi. Har necha jahd qildilar, foyda qilmadi. Dedilarki, hamono bu musulmon jihatidindurki, hali 
asir qilibbiz, shoyad sohibi botin kishi erkin. Shayxqa ijozat berdilarki, chiq va bor! Shayx dedi: to 
barcha musulmonlarni qo‘ymassiz, men ham chiqmasmep! Hech chora topmadilar barchani 
qo‘ymoqdin o‘zga va barini Shayxning muborak himmati barakotidin asirlikdin ozod qildilar, filhol 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
185
kemalari ravon bo‘ldi. Ul debdurki, [Haq oshkor bo‘lgan vaqtda undan boshqasi qolmaydi]
4
. Va ham 
aning so‘zidurkim, [ko‘ngilning faqat bir qiblasi bordir. Har bir qiblaga yuzlanaversa, boshqasidan 
quruq qoladi]
5
. Va ham ul debdurki, [kimning nafsidan bir miqdor qolgan bo‘lsa ham haqiqiy 
hurriyatga erisholmaydi]
6

 
Sh ye ‘ r:
 
[O‘z ra’yingcha botilni inkor ztma, chunki u ham Haq zuhurotlaridan. Xudoning isbotini to‘la anglash 
uchun botilni o‘z andozasida tani!]
7

 Besh yuz to‘qsonda olamdin o‘tubdur. 
 
 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish