569. Shayx Abu Amr Sarifiniy q. t. r.
Ul debdurki, mening ishimning bidoyati uldurki, bir kecha Sarifinda orqam bila yiqilib yotib erdim.
Ko‘rdumki, havoda besh kabutar uchub o‘tub borurlar. Biri ayturki, [pokdir Alloh! Har bir narsaning
asli manbai uning huzuridadir. U ularni aniq o‘lchov bilan bizlarga tushiradi]
1
. Yana biri der erdiki,
[pokdir Alloh! U barcha narsaga o‘z xilqatini – shaklini ato etib, so‘ngra uni to‘g‘ri yo‘lga solgan
zotdir]
2
.
Yana biri der erdiki, [pokdir Alloh! U payg‘ambarin xalqqa hujjat qilib yubordi. Muhammad s. a. v.ni
ularning afzali qildi]
3
. Biri der erdiki, [Alloh va rasuli uchun bo‘lmasa, dunyodagi barcha narsa
botildur]
4
. Yana biri der erdikim, [ey xojasidan g‘ofil qolganlar, behisob mukofotlar berib, katta
gunohlaringizni ham mag‘firat qiluvchi sahovatli zot – Parvardigoringizga qayting, shoshiling!]
5
. Chun
men bularni eshittim va ko‘rdum, behud bo‘ldum. Chun o‘zumga keldim, dunyoyu mofihoning
muhabbati ko‘nglumdin chiqib erdi. Tong erta bo‘lg‘ach, Tengri bila ahd qildimki, o‘zumni bir pirga
taslim qilay, to manga Tengri yo‘lin ko‘rguzsun! Va tebradim va bilmas erdimki, qayon borurmen. Bir
pir yo‘liqdi, yaxshi yuzlug‘, haybatliq va viqorliq. Va dedi: Assalomu alayka, yo Abu Amr! Salomig‘a
javob berdim. Va ont berdimki, sen kimsenki, mening otimni bilding va men seni tanimasmen? Dedi:
men Xizrmen! Va Shayx Abdulqodir qoshida erdim, dedi, yo Abulabbos! Bu kecha biravga Sarifinda
jazba yetibdur va qabul topibdur va yettinchi ko‘kdin anga nido yetibdurki: [Xush kelding, ey
bandam!]
6
: Tengri bila ahd qilibdurki, o‘zin bir Shayx taslimi qilg‘ay, aning sari bor va ani manga
yetkur. [Ey Abu Amr, Abdulqodir bu davr oriflarining sayyidi, keyingilarning qiblasidir. Uning
xizmatida bo‘lish, hurmat va ulug‘lash senga lozimdur]
7
. Men chun o‘z holimg‘a hozir bo‘ldum va
o‘zumni Bag‘dodda ko‘rdum. Va Xizr a. s. g‘oyib bo‘ldiki, yetti yilg‘acha ani ko‘rmadim. Chun Shayx
Abdulqodir xidmatig‘a kirdim, dediki, [Marhabo, ey xojasi qush tili bilan dargohiga chaqirgan va
barcha yaxshiliklarni uning uchun jam qilgan]
8
. Ey Abu Amr, bot bo‘lg‘ayki, Tengri taolo sanga
muride bergay, oti Abdulg‘ani b. No‘qtaki, martabasi ko‘p avliyoullohdin biyikrak bo‘lg‘ay. Tengri
taolo aning bila maloyikaga mufoxarat qilg‘ay. Andin so‘ngra bir bo‘rk mening boshimg‘a qo‘ydi. Va
aning xushlug‘i va sovug‘lug‘i dimog‘img‘a yetti va dimog‘din ko‘ngulga. Malakut manga kashf
bo‘ldi. Eshittimki, olam va har ne andadur, Haq subhonahu va taolo tasbehin muxtalifa til bila
aytadurlar, anvo’i taqdis bila. Yaqin erdiki, aqlim zoyil bo‘lg‘ay. Shayxning ilgida bir pora momuq
erdi, manga urdi, aqlim o‘z holig‘a keldi. Andin so‘ngra meni necha xilvatqa o‘lturtti, vallohki, menga
hech zohir bo‘lmag‘ay erdiki, burunroq manga xabar bermagay erdi. Har holg‘a va maqomg‘a va
mukoshafayu mushohadag‘aki yettim, andin burunroq meni voqif qildi va meni ishlardin ogoh qildiki,
ul degandin so‘ngra o‘ttiz yilg‘a yaqin surat tutti. Va ul manga xirqa kiydurgan bila men Ibn No‘qtag‘a
xirqa kiydurganning orasidaki aytib erdi, yigirma besh yil bo‘ldi. Va har neki, Ibn No‘qta bobida dedi,
taxallufsiz voqe’ bo‘ldi. Va ul Hazrat valoyat maobning xoriq odoti va xaqoyiqu maorifi andin
ko‘prakdurki, qalam tili bila sharh qilsa bo‘lg‘ay. Alardin ba’zini Hazrat Maxdum n. m. n. «Nafahot
ul-uns»da zikr qilibdurlarki, tilagan kishi, anda tilasa topar, vassalom.
Do'stlaringiz bilan baham: |