Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Xoja Shamsuddin Muhammad Kusuyi Jomiy q.s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet451/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

520. Xoja Shamsuddin Muhammad Kusuyi Jomiy q.s.
 
 Shayx buzurgvor shayx ul-islom Ahmad Jom q. s. ning buzurgvor avlodi va kibor ahfodidindurlar. Va 
Shayxning xirqasinki, derlarki, Hazrat Shayx ul-mashoyix Shayx Abu Said Abulxayr q. s.din alarg‘a 
yetgan ekandur, Xoja xidmatlarig‘a yetib erdi. Va ul xirqaning yoqasida Hazrat Risolat s. a. v.ning 
muborak ko‘nglaklaridin bir parcha tikilgan mavjuddur. Xoja jomi’ erdilar ulumi zohiriyg‘a va 
botiniyg‘a. Shomu subh avrodini Hazrat Shayx Zaynuddin q. s. tariqi bila jahr ayturlar erdi. Va Hazrat 
Shayx Bahouddin Umar suhbatig‘a ko‘p yetarlar erdi. Va azim irodatlari bor erdi. Shayx Muhyiddin 
Arabiy q. s. musanna fotin ko‘p o‘qur erdilar va mu’taqid erdilar. Va tavhid mas’alasin alarg‘a 
muvofiq taqrir qilurlar ermish. V ani minbar ustida ulamo qoshida andoq bayon qilurlar ermishki, hech 
kimga e’tiroz va inkor majoli bo‘lmas ermish. Va «Qur’on» asrorida va ahodis nukotida va mashoyix 
maorifi nukotida bag‘oyat tezfahm emishlar. Va oz tavajjuh bila alarg‘a andoq maoniy foyiz bo‘lur 
ermishki, o‘zga akobirg‘a ko‘p taammullar bila ma’lum bo‘lmas ermish. Va Mavlono Sa’duddin 
Koshg‘ariy va Mavlono Muhammad Asad va Mavlono Boyazid Puronny va alardin o‘zga mashoyix va 
azizlarki alarg‘a muosir erdilar, alar majlisida hozir bo‘lur erdilar va mutabarrik nafaslaridin mahzuz 
bo‘lur erdilar. Va’z va samo’ majlisining asnosida alarg‘a azim vajd yuzlanur erdi va sayhalar tortar 
erdilarki, majlis ahlig‘a siroyat qilur erdi. Bu faqirning otasining alarg‘a irodati ko‘p erdi. Va safarlarda 
suhbat va xidmatlarig‘a yetib erdi. Va faqir ham kichik yoshimda alarning muborak nazarig‘a yetib, 
iltifot topib, fotihalarig‘a musharraf bo‘lub men va azim foida andin umidim bor. Umid ulki, noumid 
bo‘lmag‘aymen. Sakkiz yuz oltmish uchda jumod ul-avval oyining yigirma uchida shanba kuni 
dunyodin o‘ttilar. Vafotlari tarixida aytibdurlar va ul budurkim, 
 
b a y t:
 
 
[Komil shayx, komillarning peshvosi, surat ahliga ma’no ko‘rsatuvchi Xoja Shamsuddin 
Muhammadkim, yopiq osmon uning g‘amini yeb, ko‘k to‘n bo‘ladi. U muqaddas qadamgoh 
sahnasidan joy oldi. Imkonsiz yerda chodir qurdi. Dunyo uning martabasi oldida arzimas edi. Vafoti 
tarixini «charxi dun» so‘zidan chiqar!]
1

 
Va qabrlari Hirotning masjidi jome’i jivorida faqih Abu Yazid Marg‘aziy mazori yaqinidadur. Va ba’zi 
azizlar ul maqbara boshida mutakallif madrasa va gunbad yasabdurlar. Va xaloyiq tabarruk yuzidin 
ziyorat qilib murod tilarlar va ba’zi topar erkanlar. 
 
 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish