518. Shayx Zaynuddin Abubakr Xavofiy q. s.
Alar o‘z zamonlarida Xuroson mulkining shayx ul-mashoyixi erdilar va ulumin zohiriyu botiniy
orasida jome’. Va avval hollaridin oxirg‘acha shariat joddasig‘a va sunnat istiqomatig‘a va
mutobaatig‘aki bu qavmning muhaqqiqlari qoshida uluqroq karomatdur, tavfiq topibdurlar. Va
alarning nisbati tariqatda Shayx Nuriddin Abdurrahmon Misriyg‘adur. Va Shayx alarning tarbiyati
takmilidin so‘ngra alarg‘a irshod ijozati akmal vajh bila bitibdur. Alar Shayx ijozati va ishorati bila
Xurosong‘a kelurda ijozatnoma-lari Bag‘dodda g‘oyib bo‘lg‘on ekandur. Shayx Tengri jivori
rahmatig‘a borg‘ondin so‘ngra Misrg‘a boribdurlar. Va Shayxning xilvatig‘a kirib, ziyorat qilurda o‘z
ijozatnomalarining savodini ko‘rubdurlarki, bir tokchada ermish olibdurlar va hamul dastur bila
toliblar va muridlarg‘a tarbiyatg‘a mashg‘ul bo‘lubdurdar. Va bu mahzi karomot bo‘la olur. Shayx
Zaynuddin debdurlarki, Misrdin kelurda chun Bag‘dodqa yetushtim, ul bo‘rkki, Hazrat Shayx Nuriddin
Abdurrahmon q. s. manga berib erdi va ko‘p akobir boshig‘a yetib erdi, boshimda erdi. Pirtoji Giloniy
bila muloqot voqe’ bo‘ldi. Ul bo‘rkni mendin tiladi, andoqki, faqru darveshlik muqtazosi bo‘lg‘ay,
anga berdim. Kecha voqe’da ko‘rdumki, ul bo‘rk mening qoshimda istig‘osa qiladur: Va ul
buzurglarniki, alarning boshig‘a yetibdur, sanaydur va deydurki, men muncha solihu muttaqiy elning
boshig‘a yetibmen, emdi sen meni bir xammor boshig‘a qo‘ydungkn, xamr shurbig‘a ishtig‘ol
ko‘rguzur. Tong otgach, ashobdin biri bila ani tilay chiqduq. Eshittukki, xarobotdadur va o‘z ishiga
mashg‘uldur. Anda boribki so‘rduk, dedilarki falon uydadur. Chun ul uyga kirduk, mast yiqilib erdi va
bo‘rk boshida. Hamrohi musohib dediki, siz chiqing, men bo‘rkni olib kelay! Men chiqdim va ul
bo‘rkni aning boshidin olib chiqdi va eshikni aning ustig‘a bog‘ladi va bo‘rkni mening boshimg‘a
kelturdi. Derlarki, oxir hayotda alarg‘a voride yuzlandiki, uch kecha-kunduz o‘zlaridin bil-kulliya
g‘oyib erdilar. Chun alarni o‘zlariga kelturdilar, bir yilg‘a deguncha xomushlik alarg‘a g‘olib bo‘ldi.
Darvesh Ahmad Samarqandiy Shayxning ishin qilg‘an muridla-ridin va xulafosidin erdi, so‘fiya
so‘zlarin ko‘rub erdi va minbar ustida ani yaxshi bayon qilur erdi. «Fusus» mutolaasi va darsig‘a
qiyom ko‘rgazur erdi. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, aning o‘z xatti
bila «Fusus ul-hikam»ning oxirida ko‘rubmenki, bitibdurlarki, xilvatda erdimki, Hazrat Risolat s. a. v.
manga «Fusus ul-hikam» darsig‘a ishorat qildi. Va Hazrat Rasul s. a. v.din savolot qilib javoblar
topqanini ham «Nafahot»da bitibdurlar. Shayx rahimahullohu sakkiz yuz o‘ttuz sakkizda shavvol
oynning ikkisida yakshanba kechasi dunyodin o‘tubdurlar. Va alarni avval Molin degan yerda dafn
qilibdurlar va andin Darveshobodqa naql qilibdurlar va Darveshoboddin Hirot Dor us-saltanati iydgohi
yonig‘a naql qilibdurlar. Va alarning muborak mozori boshida oliy imorate yasabdurlar. Va anda oncha
obodonlig‘ bo‘lubdurki, holo juma namozi qilurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |