Ul Shayx Najibuddin Ali Buzg‘ushning murididur. Zohiriyu botiniy ulumg‘a olim ermish. Shayx
Izzuddin Mahmud Koshiy va Shayx Kamoluddin Abdurazzoq Koshiy ikkalasi aning muridlaridurlar.
Shayx Abdurazzoq «Ta’vilot» tafsirida derkim, [Shayximiz Mavlono Nuriddin Abdussamad q. r. a.dan
eshitdim. U otasidan eshitgan ekanki, faqirlardan biri ulug‘ Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s.
xizmatida bo‘lib, vahdat mushohadasi va fano holatlariga yetib, yuksak zavq topgan edi. Ammo
nogahon bir kun yig‘iga tushdi va afsuslandi. Shayx undan bu holat haqida so‘radi. Aytdi: Kasrat
tufayli vahdatdan to‘sildim va undan uzoqlashdim. Endi o‘z holatimni topolmayapman. Shayx unga bu