Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
168
Toyboddin Jomg‘a borur ermish va Qur’on tilovatig‘a mashg‘ul bo‘lur ermishlar. O‘ttiz yildin
so‘ngraki, bu tariyq bila suluk qilibdur. Ming Qur’on xatmidin so‘ngra Hazrat Shayx ruhoniyatidin
ishorat anga bo‘lubdurki, Mashhad ziyorati salomullohi alo man halla fihi ihromi bog‘ladi va ul ravza
ostonbo‘slig‘ig‘a musharraf bo‘lg‘ondin so‘ngra xil’atlar va navozishlar topti. Andin Tus mazoroti
tavofig‘a mutavajjih bo‘ldi. Kecha Shayx Abunasr Sarroj mazori boshig‘aki, Tus-ning qirog‘idadur
ihyo qildi va Hazrat Risolat s. a. v. g‘a musharraf bo‘ldi va hukm toptikim, tongla Tusqa kirsang,
Uryon darveshe senga yo‘luqg‘usidur. Yaxshi ta’zim qil, ammo sujud qilma! Tong Tusg‘a kirgoch,
Bobo Mahmud Tusiyki, majzub erdi, Hazrat buyurg‘on yo‘sun bila keladur erdi, yo‘luqdi, chun
Mavlononi ko‘rdi va o‘zin tufroqqa soldi va boshin kiziga tortti va Mavlononing qoshig‘a keldi. Bir
zamon ayog‘ ustida turdi. Bir zamondin so‘ngra oyog‘in kizdin chiqardi va qo‘pti va o‘z-o‘zi bila der
erdiki, ey odobsiz, birovni ta’zim qilmassenki, kecha Hazrat Risolat s. a. v. Abu Nasr Sarroj mazori
boshida oning bila muloqot qildi va oni senga nishon berdi va osmon farishtalari ondin uyolurlar.
Mavlono Bobog‘a salom qildi va Bobo javob berdi va buyurdiki, borg‘ilki, Ro‘dbor avliyo va
mashoyixi senga muntazirdurlar va Xoja Muhammad Porso q. s. xizmttlari so‘nggi qatla hajg‘a
borurda Mavlono q.s. mazorig‘a kelgan ekandurlar. Der ermishki, avval qatla xojai buzurgvor Hazrat
Xoja Bahouddin bila Makkaga borduq. Buxorodin Marvg‘a yetgonda qofila ikqi fariq bo‘ldilar va
ba’zi Mashhadi muqaddas ravzi sori mayl qildilar va ba’zi Hirot sori mo‘tavajjih bo‘ldilar. Bu buljar
bilaki, Nishoburda bir-biriga qo‘shulg‘oylar. Hazrat Xojai buzurgvor Hiriy sori moyil bo‘ldilar va
buyurdilarki, tilarbizki, Mavlono Zaynuddin Abubakir Toybodiy suhbatig‘a yetgaybiz. Men yigit
erdim va Mavlono ahvolidin xabarim yo‘q erdi va Mashhad sori bordim va Xoja Muhammad bu
ma’ni-din taassuf yer, nadomat izhori qilur ermishlar. Debdurlarki, chun Hazrat Xojai buzurgvor
Toibodg‘a yetti va saboh namozin Mavlono bila qildilar va namozdin forig‘ bo‘lg‘ondin so‘ngra
burung‘i safda muroqabag‘a o‘z tariqlari bila mashg‘ul bo‘ldilar va Mavlono avrodni tugatgandin
so‘ngra alar qoshig‘a kelib, ko‘rushubdur va otlarin so‘rubdur. Alar debdurlarki, Bahouddin. Mavlono
debdurki, bizing uchun bir naqsh bog‘lang! Alar debdurlarki, kelibbizki naqshe eltgaybiz. Va Mavlono
hazratlari alarni uylarig‘a eltibdurlar va ikki-uch kun suhbat tutubdurlar va hayrbod qilib, Nishoburda
qofilag‘a qo‘shubdurlar. Mavlono yetti yuz to‘qson birda muharram oyining salxida panjshanba kuni
nisf un-nahorda olamdin o‘tubdurlar va Malik Imomuddin Zavzaniy alar vafoti tarixida debdurki, sana
q i t ‘ a:
[Tarix yetti yuz to‘qson bir sana bo‘lib, muharram oyining oxiri payshanba kuni tush payti
Mavlononing pok ruhi jannatga ravona bo‘ldi. Farishtalarning bari jondan «xush kelibsiz» dedilar]
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: