529. Alouddin Kirmoniy q. s.
Zamonining zuhhodidin erdi va Dehli, balki Hindiston mulkining qarilarining afzali. Mavlono
Vahiduddinkim, Dehlining muttaqiylaridindur, marviydurkim, debdurki, bir jum’a kechasi Mavlono
Alouddin Kirmoniyning hazirasida ihyo qilur erdim. Nogoh ko‘rdumki, qubur ochila boshladi va ul
qabrlardin amvot chiqib, Mavlononing munavvar marqadi tegrasiga yig‘ilurlar erdi. Chun anda
xotirg‘a kullin jam’iyat dast berdi, Mavlononing ham qabri ochildi va Mavlono qabrdin bosh chiqardi
va «Kalomulloh» tilovati bunyod qildi. Va ul ahli qubur ham anga muvofaqat bila tilovatqa mashg‘ul
erdilar subh tulu’igacha. Chun subh bo‘ldi, qubur ahli barcha o‘z oromgohlarig‘a kirdilar. Va Mavlono
ham asliy maskanig‘a mayl qildi va ochilgan qubur yana barcha bitti va muttasil bo‘ldi. Va
Mavlononing maqbarasi Dehli namozgohining jivoridadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |