www.ziyouz.com
kutubxonasi
139
har kimga inmas erdi. Chun Xuziston mulkiga yetti va Dizpul degan yerda bemor bo‘ldi. O‘zin har
nav’ bila bo‘lsa, shayx Ismoil Qasrii xonaqosig‘a yetkurdi va anda ranjurlig‘i uzoqqa tortti va shayx ul
so‘filarning samo’i unidin zahmatda erdiki, samo’g‘a munkir erdi. Bir kecha darveshlar samo’da
erdilarkim, Shayx Ismoil Hazrat Shayx Najmuddinning boshi ustiga kelib ikki ilkin shayx
qo‘ltuqlarig‘a solib ko‘tarib, samo’g‘a kiyurub, necha davr aylandurub, tomg‘a tayab qo‘ydi. Shayxdin
tamom ranj zoyil bo‘lib erdi. O‘zin sahih topti va irodat hosil bo‘ldi va Shayx Ismoilg‘a irodat ilki
berib, sulukka mashg‘ul bo‘ldi. Va debdurki, chun menga botin ahvolidin xabar bo‘ldi va zohir ulumin
xud vofir kasb qilib erdim. Bir kecha xayolimg‘a keldiki, botin ilmidin xabardor bo‘ldung va zohir
ilming Shayx ilmidin ko‘prakdur. Saboh shayx meni tiladi va dedikim, qo‘p, safar qilki, senga Ammor
Yosir qoshig‘a bormoq kerak. Men bildimki, kechagi xotirimdin Shayx voqif bo‘ldi, ammo hech nima
demadim va shayx Ammor xidmatig‘a bordim va suluk bunyod qildim. Anda ham bir kecha hamul
da’vo ko‘nglumga xutur qildi. Saboh Shayx Ammor buyurdikim, Najmuddin, qo‘p va Misrg‘a bor!
Shayx Ro‘zbehon qoshig‘akim, bu inoniyatni silliy bila sening boshingdin chiqarg‘oy! Misrg‘a
bordim. Chun Shayx Ro‘zbehon xonaqosig‘a kirdim. Shayx hozir ermas erdi. Dedilarki, Shayx vuzu’
qilg‘ali tashqari chiqibdur. Keynicha chiqdim. Shayx Ro‘zbehonni ko‘rdumki, andok oz suv bila vuzu’
qiladurkim, shar’an joGshz emas Yana ko‘nglumga nnkore keldi. Chun shayx vuzu’ni tamom qilib,
qo‘pti. Ikki o‘l ilkin yuzumga sochti. Ul suv yeggach menga bexudlug‘ asari zohir bo‘ldi. Shayx chun
xonaqog‘a kirdi. Men dog‘i kirdim va shayx shukri vu-zu’g‘a mashg‘ul bo‘ldi va men ham anda turnb,
o‘zumdpn g‘oyib bo‘ldum. Ko‘rdumki, qiyomat-qoyim bo‘lubdur va do‘zax zohir, elni tutub, o‘tg‘a
soladurlar va bu yerda bir tepadur, birov o‘lturubdur. Har kishi desakim, anga mutaallaqdurmen, oni
o‘tg‘a solmay qo‘yadurlar. Nogoh meni tuttilar. Men dedimkim, men oning mutaallaqlaridinmen.
O‘tqa solmadilar. Ul tepaga chiqdim. Ko‘rdumki, Shayx Ro‘zbehondur. Yugurub oyog‘ig‘a tushdum.
Ul ilikin ko‘tarib, bir qattiq silliy bo‘y-numg‘a urdi. Andoqki, yuz tuban yiqildim va dediki, mundin
ortiq Haq ahlig‘a inkor qilma! Chun yiqildim. Ul g‘aybdin hozir bo‘ldim. Shayx namozning salomin
berdi. Hamul dastur bila yugurub oyog‘ig‘a tushdum. Shayx hamul voqeadag‘idek mahkam silliy urub,
hamul so‘zni aytti. Ul mastlig‘ ranjurlug‘i tamom xotirimdin raf’ bo‘ldi. Andin so‘ngra amr qildiki,
qayt va shayx Ammor, Yosir qoshig‘a bor! Va anga bir maktub bitib, mundoq zikr qildikim, har necha
miskim toparsen, yiborgilki, xolisoltin qilib yuboray! Andin yana Shayx Ammor xizmatig‘a keldim.
Va Shayx chun Shayx Ammor xizmatig‘a kelibdur. Muddate anda bo‘lubdur. Chun su-luk anga tamom
bo‘lubdur, Shayx Ammor amr qilibdur-ki, Xorazmg‘a bor! Har necha shayx uzr aytibdurlar, foyda
qilmaydur va Xorazmg‘a kelibdurlar va bu tariqni muntashir qilibdur va bu tariqnikim, zohir
qilibdurlar, xaloyiq ko‘p murid bo‘libdurlar va irshodqa mashg‘ul bo‘libdurlar. Chun totor kuffori
Xorazmg‘a yetibdurlar. Hazrat Shayx ashobini yig‘ib, amr qilibdurlarki, viloyatlaringizg‘a boring!
Alar ul Hazratning amri bila o‘z vnloyatlarnga boribdurlar. Ashobdin ba’ziki, Hazrat Shayxqa dog‘i
chiqar ilti-mos qilibdurlar. Shayx debdurlarki, biz bu kuffor ilkida shahid bo‘lurbiz. Ashob
tarqag‘ondin so‘ngra kim, kuffor Xorazmg‘a kiribdurlar. Hazrat Shayx qolgan ashob bila chiqib,
g‘azvg‘a mashg‘ul bo‘lubdurlar. To shahodat sharbatin totibdurlar. Derlarki, shahodat vaqtida bir
kofurning parchamin tutqon ermishlar. Andoqki, shahodatdin so‘ngra o‘n kishi ayira olmaydur va ul
parchamni kesib ayirdilar. Va ba’zi debdurlarki, Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. g‘azaliyotida
ishorat bu qissag‘a va o‘z intisobini Hazrat Shayxqa qilib debdurki,
Do'stlaringiz bilan baham: |