479. Pahlavon Mahmud Pakkayor q. s.
Xevaqdindur va laqabi mashhur Puryorg‘a ba’zi Pakkayor debdurlar, ammo Xevaqliq kishidin tahqiq
va tashih qilildi, Pakkayorg‘a qaror topti, ya’ni barchag‘a Pakkayor. Yor qassobning o‘g‘lidur.
Kurashchilikda saromad bo‘lub, azim shuhrat tutubdur. Yashurun suluk va riyozati ham bor ermish,
andoqki, fayz olamidin ko‘nglig‘a choshni yetgan ermish. Tab’i ham xo‘b ermish. Va nazm aytur
ermish. Hind mulkidin bir zargar Hind podshohidin misol kelturub, pahlavon ihzorig‘a iltimos
yetkurubdur. Pahlavon bu ruboiyni debdurki,
r u b o i y:
[Zargar bola Mo‘lton yo‘llaridan gapirdi, sultonning talabini menga yetkazdi. Qaerda menu
do‘stlarimning himmati bo‘lsa, Hindistonni ham bir arpaga sotib olmayman]
1
.
Ammo g‘oyibdin anga ishorate yettiki, bormoq kerak: Hinduston azimati qilib bordi. Hind mulki
podshohining bir kurashchisi bor erdi, Pahlavonni aning uchuch tilagan ermishki, aning bila kurashga
solgay. Bu so‘zni Pahlavon bila muloqot qilg‘ondin so‘ngra izhor qilib, muqarrar andoq bo‘lmishki,
tongla xaloyiqny majmu’ qilib kurashganlar. Kechasi Pahlavon o‘z qoidasi bila niyozmandona mazorot
tavofig‘a borib, no-murodlig‘ bajo kelturadurganda ko‘rubdurki, bir buzurg mazorda yarim kecha bir
qari zaifa ko‘p tazallum va tazarru’ bila Tengriga munojot qilib yolboradurkim, Xudoyo, bu kelgan
pahlavon kurashchi ma’rakasidin mening o‘g‘lumni sharmanda chiqarmag‘aysen! Pahlavon bilibdurki,
ul kurashchiningg onasidur, o‘zi bila muqarrar qilibdurki, tongla ul kurashchi iligida yiqilg‘ay.
Tonglasi podshoh ulug‘ ma’raka yasab, Pahlavonni tilab, ul kurashchi bila kurashga solg‘onda,
Pahlavon o‘zi bila Muqarrar qilg‘ondek, bir-ikki hamla talashgandin, so‘ngra harif ilgida yiqilur.
Mundoq manquldurki, uchasi yerga tegib, ko‘zi ko‘kka tushgach, hijoblar murtafe’ bo‘lub, malakut
olami ko‘ziga jilvagar bo‘lub, ul podshoh ham murodu maqsadig‘a yetar, ammo chun Pahlavonni tilab,
taklif bila kelturgan ermish, rioyatu hurmat tutmakda mubolag‘a qilib, musohabat tariqi bila maosh
qilur ermish. Bir kun ovg‘a taklif qilib, o‘zi bila eltganda, tog‘ ovi ermish, sayd keynicha chopganda,
sayd qoyadin uchar, podshoh dog‘i oti jilovin saqlanolmas, ikki oyog‘i kamar qirog‘ida qolib, ikki iligi
xato bo‘lganda, Pahlavon bila ermish, Ilig urub markabni rokib bila ko‘tarib, tuz yerga qo‘yar.
Podshoh hayrat qilib derki, muncha mufrit kuch bila ajab erdiki, ul kurashchidin yiqilding. Pahlavon
anda bu ruboiyni ayturkim,
r u b o i y:
[O‘z nafsingga hokim bo‘lsang, mardsan,
Xotirlab turishdan gapirsang, mardsan,
Yiqilganni tepish mardlik emas,
Yiqilganning qo‘lidai tutsang, mardsan]
2
.
Podshoh ko‘p niyozmandlig‘lar ko‘rguzub Pahlavon qaytib, Xevaqqa kelur. Mozori Xevaqdadur,
Islom qoidasi adosida bu ikki bayt Pahlavonningdur:
[Bir Allohga iymon keltir, besh vaqt namoz o‘qi,
o‘ttiz kun ro‘za tut, zakot ber, imkoi bo‘lsa, yo‘l
tepib haj qil! Bas, bizning qo‘limiz sening etagingda,
gunoh qilish bandadan, kechirmoq Xudodandir]
3
.
Pahlavon Mahmuddin so‘ngra Pahlavon Muhammad Abusaid ham o‘z zamonining benaziri erdi. Qabri
Ne’matoboddadurur.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |