Alisher Navoiy.
Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
173
Mavlono Alouddin Amnoiyki, Dehlining qozisi va muta’abbid
kishi erdi, bir kecha Hazrat Risolat s. a.
v. ni voqe’da ko‘rdikim, ul Hazrat buyurdilarki, falon kitobni Qozi Shafiuddin qoshida o‘qi va bizing
tilimizdin
anga aytki, ul ikki rak’at namozki, har kecha o‘qursen va bizing ruhimiz tuhfasi qilursen,
bizga yetar. Qozining bir shogirdi andin bir kitob tiladi. Olg‘ondin so‘ngra necha kun paydo bo‘lmadi.
Va qozi ul kitobqa muhtoj bo‘ldi. Va aning o‘yin kishi bilmas erdi. Bir kecha shogird tushda ko‘rdiki,
Qozi ul kitobni andin tilaydur.
Tong erta kitobni olib, Qozi xidmatig‘a yetkurdi. Qozi anga boqib
dediki,
to taqozo qilmaduk, kitobni kelturmading! Bu ikki azizning qabrlari Dehli shahrida Sulton
havzining qoshidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: