535. Amir Sharafuddin Ashraf q. s.
Siyodat sharafi va zuhdu taqvo saodati bila musharraf erdi. Ul zamon akobiridin bir buzurg Hazrat
Risolat s. a. v. ni voqe’da ko‘rub, Mir Ashraf ahvolidin savol qilibdur. Ul Hazrat mundoq javob
beribdurlarki, mening farzandimdur va mening monandim.
536. Qozi Rais r. t.
Ilm hilyasi bila va nafs tazkiyasi bila muzayyan va muqarrar erdi. Bir qatla bir zaifani aning
mahkamasiga kelturdilarki, ikki abushqasi bor. Ul tiladiki, bu ish subutqa yetkandin so‘ngra ani
sangsor qilmak hukm qilg‘ay. Dor ul-qazo vakili ul makkoradin rishvate olib, anga o‘rgattikim,
aytqayki, men sog‘indimki, andoqki eranlarga to‘rt xotun olmoq ravodur, xotinlarg‘a dag‘i to‘rt
abushqag‘a tegmak joyizdur! Qozi chun bu qoziyani so‘rdi va makkoradin bu javobni eshitti, dediki,
bo‘yni sinsun ul kishiningkim, sanga bu so‘zni o‘rgatibdur. Vakil chun Dor ul-qazodin chiqdi, bir
yerdin yiqildi va bo‘yni sindi va halok bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |