Alisher Navoiy.
Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
175
545. Mavlono Karimuddin Mav’idiy q. s.
Ro‘zgorin tavakkulu tajrid bila o‘tkarur erdi va avqotin toatu tafrid bila sarf qilur erdi. Aning bir do‘sti
bor erdikim, doim safarlarda anga musohib erdi. Chun Dehli shahrig‘a
ikav yetishdilar, aning ul do‘sti
dedikim, sen namozgoh yonida bir zamon tavaqquf qil!
Mening juzviy ishim bor,
ani saranjom qilib
kelguncha. Mavlono qabul qildi va ul degan yerda tavaqquf qildi. Va ul do‘sti
andoq bordiki, ro‘zgor
havodisi
ani yonib, va’dasig‘a vafo qilg‘ali qo‘ymadi. Va Mavlono
qirq yil ul yerdin tebranmadi, to
olamdin o‘tti. Munavvar marqadi Dehli namozgohining yonidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: