Estetik tarbiya bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san’atdagi go’zallikni tushunish va qadrlashni bilishida, ma’naviy dunyosini boyitishida katta rol o’ynaydi



Download 21,5 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi21,5 Kb.
#518482
Bog'liq
Estetik tarbiya bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda


Estetik tarbiya bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san’atdagi go’zallikni tushunish va qadrlashni bilishida, ma’naviy dunyosini boyitishida katta rol o’ynaydi. Ota-onalar bolalarga tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, san’atdagi go’zallikni his qilish va shu kabilarni o’rgatadilar. Kichkintoy uyqudan turishi bilan atrof-muhitdagi turli narsalarga ko’zi tushadi. Ota-ona bu narsalarning chiroyliligini tushuntirib berishi, o’g’il yoki qizining kiygan kiyimlari chiroyli va qulayligiga, xonaki o’simliklar va bahor gullarining naqadar chiroyliligiga ahamiyat berib qarashga o’rgatishi kerak. Estetik didni tarbiyalashda dastlabki o’yin-choqlar juda katta rol o’ynaydi. Ular hayotni bilishni o’rgatadi va birinchi estetik taassurotlar manbai hisoblanadi. Ota-ona bolalarni xonalarni yig’ishtirish, saranjom-sarishta qilishga jalb qilib, ularda estetik didni tarbiyalaydi. Estetik tarbiyaning asosi oilada bolalarni ijod qilish (badiiy tarbiya)ga o’rgatishdir.
Bolalarning rasm chizishga bo’lgan ehtiyoji juda erta, ya’ni 1,5—2 yoshdan boshlab uyg’onadi. Ota-ona o’z bolalariga rasm chizishdagi muayyan ko’nikmalarni egallashda yordam berishi kerak. Bola tabiat, turmush va o’qigan kitoblaridan olgan taassurotlarini rasmda ifoda etishni yaxshi ko’radi. Bu undagi rasm chizishga bo’lgan qobiliyatidan darak beradi. Uning bu ishi qo’llab-quvvatlansa, bola ruhlanib san’atning bu turini egallashga harakat qiladi.
Bolada yoshlikdan musiqa eshitish uquvini o’stira borish unda nozik his-tuyg’uning shakllanishiga imkon beradi. Kichkintoy juda yoshlikdanoq musiqa ohangiga qarab ritmik harakatlar qiladi. Bu undagi dastlabki estetik did-tuyg’u, iste’dod kurtagidir. Ota-ona boladagi bu harakatlarni yanada rivojlantirishi va unga ko’proq ahamiyat berishi lozim.
Bolaning tashqi ko’rinishiga bo’lgan talablar estetik tarbiyada katta ahamiyatga egadir. Sodda va ozoda kiyina bilish, kishilar orasida o’zini yaxshi tutish, xulq-atvorning yaxshi bo’lishi ham go’zallikdir. Gapirish, kulish, salomlashish, madaniyatli xayrlashish, minnatdorchilik bildirish kabi odatlar ham bolaning yoshlikdan nazokatli, nafosatli bo’lib o’sishiga imkon beradi. Tabiiyki, ota-ona farzandning nozik did va farosatli, odob va axloqli bo’lib o’sishiga erishish uchun avvalo o’zi barcha go’zalliklarni seza bilishi va sevishi, badiiy adabiyotlar o’qishi, san’atning turli sohasida o’z bilim va taassurotlarini kengaytirib borishi kerak.
Download 21,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish