2-chorak testi(adabiyot)
1.«Mavlono Atoyi Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xush-xulq,munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti.” Atoyi haqidagi bu malumot qaysi asardan?
A) “Majolis un-nafois” B)“Nasoyim ul-muhabbat” C)”Muxokamat ul-luģatayn” D)”Tarixi aniyo va hukamo”
2. Solib borma meni, ey Yusufi husn,Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda. She’riy san’atlarni aniqlang
A)Tashxis, istiora B) Talmeh, tashbeh C) Husni ta’lil, tashxis D) tanosub,mubolaģ
3. “Majolis ul nafois”da necha majlis bor?
A)7 majlisdan B)5 majlisdan C) 10 majlisdan D) 8 majlisdan
4. Navoiy qaysi asarida 459 ta shoir haqida malumot beradi?
A)«Majolis un-nafois» B)“Nasoyim ul-muhabbat” C)”Muxokamat ul-luģatayn” D)”Tarixi aniyo va hukamo”
5. “Boburnoma”ning dastlabki nomi qanday edi?
A)“Vaqoyi’” B)”Boburnoma” C)”Tarixi Boburiy D) A va C
6. Yassaviy ijodida og’zaki ijod bilan bog’liq atamalarni toping.
A) Pir, darvish, oshiq, B)obid, oqil, zohid C) yo‘l, rabot, karvon, o‘q D) pir,rabot,zohid
7. Qit’a janri qaysi she’riy janriga yaqin turadi?
A)G’azalga B) Tuyuq C) Ruboiy D) masnaviy
8. 2 Bobur haqidagi ushbu fikr kimga tegishli?«Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odat- lari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir».
A)Javoharla’l Neruga B)Monstyuart Elfinston C) Hasanxo‘ja Nisoriyga D)Pirimqul Qodirov
9. Navoiy haqidagi ushbu fikr kimga tegishli? «U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi bax- shilarga borib taqaladi. Otasini «Kichkina baxshi» deyishgan, u saroyda amaldor bo‘lgan.
A)Rashidiy B) Hakimshoh Qazviniy C) Jomiy D)Abuhoshim So‘fiy
10.Atoyi g’azallarining ko’p qismini qaysi aruzning qaysi bahrida yozgan?
A)Hazaj bahrida B)Muttaqorib C) Ramal bahrida D)Sare
11. Yassaviy asarlarida tasavvufga aloqador atamalarni toping.
A)Pir, darvish, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib,ummat, rasul, shayton,
B) yo‘l, rabot, karvon, o‘q C)darvish, oshiq, obid,rabot, karvon, D) To’ğri javob yõq
12. «Bobur mirzo so‘z bilan jonli tas- vir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi.
A)Monstyuart Elfinston B)Pirimqul Qodirovga C)Javoharla’l Neruga D) Jomiy
13. “Boburnoma”da Alishe Navoiyning uyini xalq nima deb atashi keltiriladi?
A)Unsiya B) Qudsiya C) Shifoiya D)Xalosiya
14. Hech kim turkiy sherni u chalik ko’p va xo’b yozmagan deb Navoiy haqida kim fikr bildradi?
A)Husayn Bayqaro B)Jomiy C)Lutfiy D)Bobur mirzo
15 “Boburnoma”da Bobur mirzo kimga aka deb murojat qilar edi?
A)Gavxarshodbegim B)Poyanda Sultonbegimga C)Xonzodabegim
16. «Haqiqatan, ul hazratning she’r nozikliklari to‘g‘risida mahoratlarining ko‘pligi bu risoladan anglanadi. Alisher Navoiy haqidagi ushbu fikr kimga tegishli?
A)Xondamir B)Jomiy C)Lutfiy D) Oybek
17. Yassaviy she’riyatining keng tarqalishi va xalq orsida sevib o’qilishining asosiy sabablaridan biri nima?
A)Barmo vaznida yozilganligi B)Xalq og’zaki ijodiga yaqinligi C)Tasavvufiy ruhda yozilganligi D) A va B
18. Boburnoma”da kim tufayli Bobur taqvodor va zohid bo’ldim deb aytadi?
A)Xo’ja Qozi B)Umarshayx mirzo C) A.Navoiy
19.Xalqaro Bobur jamg’armasi qachon tashkil etilgan?
A)1994-yil 23-dekabrda B) 1995-yil 23-dekabrda C) 1993-yil 23-dekabrda D) 1993-yil 25-dekabrda
20. Atoyining qo’lyozma nusxasi qayerda saqlanadi?
A)Sankt-Peterburgda B)Londonda C) Parij kutubxonasida D) ÕzMU kutubxonasida
21. Navoiyning tarixiy-memuar asarlarini yozing.__________________________________________
22.Boburnoma” da qayerda o‘ttiz uch xildagi bir-birini tkrorlamaydigan lola turlari haqida gapiradi.__________________________________________________________________
23.Yassaviy ishq dardiga uchragan odamda bo’ladigan ruhiy o’zgarishlarni nimaga o’xshatadi? __________________________________________________________________________
24.Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida adibning qaysi misralari misol tariqasida keltirilgan?______________________________________________________________________________
25.”Boburnoma” da Boburning o’g’illarini yozing________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |