Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Sa’d Haddod va aning muridi Shayx Javhar r



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

596. Shayx Sa’d Haddod va aning muridi Shayx Javhar r.
Shayx Sa’d Haddod Adanda buzurg shayx erdi. Va Shayx Javhar avoyilda biravning bandasi erdi. 
Chun ozod bo‘ldi, bozorda sotiq-savdo qilur erdi. Va fuqaro majolisig‘a hozir bo‘lur erdi. Va alarg‘a 
ixlosu e’tiqodi ko‘p erdi. Chun Shayx buzurgvor Shayx Sa’d Haddodning vafoti vaqti yettiki, holo 
Adanda madfundur, xulafosi ayttilarki, Shayx o‘z o‘rnig‘a kimni ishorat qilurki, o‘lturgay? Shayx 
dediki, mening vafotimdin uch kundin so‘ngraki, fuqaro jam’ bo‘lg‘aylar, bir yashil qush kelgay, har 
kimning boshig‘a o‘ltursa, ani mening o‘rnumg‘a o‘lturtunguz! Shayx vafotidin uch kundin so‘ngra 
fuqaro jam’ ekanda, ul yashil qush kelib, Javhar boshig‘a o‘lturdi. Va bu ma’no hargiz aning ko‘ngliga 
kechmaydur erdi va fuqarodin ham hech kimning xotirig‘a xutur qilmaydur erdi. Pas, fuqaro 
yig‘ildilarki, ani Shayxning zoviyasig‘a eltkaylar va aning o‘rnig‘a o‘lturtqaylar, ul yig‘ladi va dedi: 
men ne salohiyat bila bu ishni qilurmenki, bir bozoriy kishiman, ummiy va fuqaro tariqin va alarning 
odobin bilmasman. Va elning menda huquqi bor va mening el bila muomalotim bor. Dedilarki, bu 
amredur osmoniyki, sanga havola bo‘lubdur va sanga muni qilurdin o‘zga chora yo‘qdur! Tengri taolo 
sanga ta’yidu ta’limda bo‘lg‘ay. Chun chora yo‘q erdi, bozorg‘a bordi va elning huquqin bo‘ynidin ado 
qildi. Va Shayxning zoviyasig‘a kelib, fuqaro suhbatin lozim tutti. [O‘z ismiga o‘xshab, javharga 
aylandi. Fazilat va kamolotlari borki, aytilsa, gap cho‘zilib ketadi. Va pokdir karim va ne’mat 
berguvchi. «Bu Allohning fazlu marhamati bo‘lib, uni o‘zi xohlagan kishilarga ato etur. Alloh ulug‘ 
fazlu marhamat sohibidur»]
1

597. Ahmad b. Ja’d va Shayx Sa’iydki, kuniyati Abu Isodur q. s.
Imom Yofi’iy debdurki, Yaman bilodida ikki shayx erdilar. Biri shayxi kabir Ahmad b. Ja’d, yana biri 
Shayxi orif Shayx Sa’iyd. Har qaysig‘a murid va ashob bor erdi. Bir kun Shayx Ahmad ashob bila 
mazorot tavofig‘a borur erdi. Shayx Sa’iydqa yo‘luqdi. Ul ham muvofaqat qildi. Chun bir miqdor yo‘l 
bordilar, Shayx Sa’iyd pushaymon bo‘ldi va qantti. Va Shayx Ahmad bordi va tavof qildi va qaptti. 
Necha kundin so‘ngra Shayx Sa’iyd ashobi bila chiqdi hamul mazorot tavofig‘a. Va yo‘lda Shayx 
Ahmad anga yo‘luqdi va muloqot qilishdilar. Shayx Ahmad Shayx Sa’iydqa dedikim, fuqaroning bir 
haqqi sanga utavajjih bo‘lubdurki, ul kun alar muvofaqatidin yonding. Shayx Sa’iyd dedikim, manga 
hech haqqe mutavajjih bo‘lmaydur. Shayx Ahmad dedi, qo‘pqil va insof bergil! Shayx Sa’iyd dedi: har 
kishi bizni qo‘porsa, biz ani o‘lturtali. Shayx Ahmad dedi: har kishi bizni o‘lturtsa, biz ani mubtalo 
qilali. Pas, ul ikki buzurgdin har qaysi har nekim yana birisi bobida deb erdi, ham andoq o‘q bo‘ldi. 
Shayx Ahmad «muq’ad» bo‘ldi va o‘rnida qoldi, ul vaqtqachakim, Tengri rahmatig‘a vosil bo‘ldi. Va 
Shayx Sa’iyd mubtalo bo‘ldi, angaki, o‘z tanidin uzar erdi va kesar erdi, angachaki olamdin o‘tti. 
Imom Yofi’iy r. debdurki, fuqaro ahvoli kesagan qilichlardin itikrakdur. Chun ahvol ashobi bir biri bila 
teng bo‘lsalar, alarning holi bir-biriga siroyat qilur. Va agar teng bo‘lmasalar, qaviy holi zaifqa siroyat 
qilur. Va goh borki, sobiq holi siroyat qilur. [Masbuqning holi emas. Va bu hukm aniqroq. Alloh 
haqiqiy ahvolni biluvchidir]
1



Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish