Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
196
Nogahon Allohning g‘ayrati «Alloh bilan birga boshqa biron «iloh»ga iltijo qilmayg» pinhon joyidan
tashqariga chiqdi va «Haq jazbalaridan bir jazba» sirtmog‘ini imtihon qilinuvchining bo‘yniga soldi.
M i s r a:
Yaxshilik bilan kelmasa, sochidan sudrab keltiring.
Vatanga
bormasdan, ko‘rmasdan, tafakkur ham qilmasdan «Odamlarni hajga da’vat qil, ular yayov
holatda senga kelurlar»... ishorati bilan yuksak va sharafli Ka’baga ravona bo‘ldi.
B a y t:
Bo‘ynida tuzog‘i bor bechora kiyik ovchining ketidan qanday ergashmasin?
Hidoyat yo‘lidagi kishilarga salom bo‘lsin! Yetti yuz qirqinchi yil jumod ul-oxir oyining yigirma
birinchi: kuni payshanba kechasi vafot etdi]1. Va qabri Hiriyda Feruzobod darvozasining toshidadur.
600. Mir G‘iyos q. r.
Asli Isfahondindur, ammo mavlud va manshai ishoburdindur. Va Nishoburda anga jazbae yetti,
andoqki, mag‘lub bo‘ldi va hushidin asar qolmadi. O‘z
holiga kelganda, o‘zin Hiriy shahrida Iroq
darvozasida topti. Bozor bila ravon bo‘ldi. «Xush» bozorig‘a yetganda, Mirning xaylidin biravning ul
bozorda halvogarlik do‘koni bor erdi, Mirni tanib do‘kong‘a kiyurdi.
Shayx Axiy Muhammad Jomiy
Mirning pisar vaqtig‘a yetib, aning tarbiyatig‘a mashg‘ul bo‘ldi va riyozatlar buyurdi. Ko‘p riyozatdin
so‘ngra Iroq safarig‘a ishorat qildi. Mir chun Mashhadqa yetti, bir kecha Imom Ali alayhit-tahiyatu
vas-salomu ravzasida ihyo qilur erdikim, bir jo‘lida mo‘y kishi zohir bo‘lub,
anga dedikim, ulcha aning
talabidasen, ul bnzdadur, deb o‘tti. Mir ani erishib borib, sahar Tusqa yettilar. Va Bobo Mahmud Tusiy
q. s.g‘a yo‘liqdilar.
Bobo Mirga boqib dediki, senga Iroq safari havola emas. Mirning ko‘ngliga
kechdiki, men pirim irshodi bila bu safar azimati qilib erdim, nechuk yonay? Bobo ayog‘in uzatib,
dedikim, bor, ko‘ray, nechuk borursen? Hirot Bodg‘isining kelidin sanga beribdurlar, yonib o‘z
ishingga bor! Mir yonib, Shayx Axiy Muhammad qoshig‘a kelib, o‘tgan voqeani aytti. Shayx aytti:
ajab cho‘g‘ bo‘ynunga qo‘yubdurlar. Shayx favtidan so‘ngra Mir Bodg‘isqa kelib, bu yerdaki, holo
langaridur va ul er barakatidin uluq qasaba bo‘lubdurki, har ne uluq shahrlarda muyassardur, anda
muyassardur,
ul vaqt biyobon erdi, sokin bo‘ldi. Bir kecha Ibrohim Xalil bila Hazrat Risolat s. a. v.ni
voqe’da ko‘rdiki, kelurlar va Amir ul-mo‘‘minin Ali r. a. ham alar biladur. Bir anboida to‘la
o‘tmakdur. Mirga havola qilib, dediki, ulash, zakotsiz va tamannosiz. Shayx ul-islom Ahmad Jom
Amir ishorati bila Mirg‘a charog‘ havola qildi. Mir ul yerda ishga mashg‘ul bo‘ldi va langar noni ul
vaqtdin beri o‘ksumaydur va charog‘i o‘chmaydur. Va kundin kunga ortig‘roq va ravshanroq
bo‘lubdur. Mirning hayoti muddati to‘qson uch yil bo‘ldi. Va bu umrda mashhurdurki, g‘oyati
riyozatdin o‘n ratldin ortuq taom yemaydur.
Do'stlaringiz bilan baham: