Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Yosin Mag‘ribiy Hajjom ul-Asvad q. s



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

594. Shayx Yosin Mag‘ribiy Hajjom ul-Asvad q. s.
Ul valoyat arbobidin va karomot ashobidin erdi. Ammo, bu holni hajjomlik suratida yashurur erdi. 
Imom Navaviy r. a. aning muridlaridin va mu’taqidlaridin ermish. Aning ziyoratig‘a borur ermish va 
aning muhabbati va xidmatig‘a tabarruk tilar ermish. Va anga irodat maqomida ermish. Va harne ul 
ishorat qilsa, ul ishorat mujibi ila amal qilur ermish. Bir kun anga dediki, kitoblarki senda oriyatdur 
egalariga bergil va o‘z diyoringga murojaat qil va ahlingni ziyorat qil! Aning so‘zin qabul qildi. Chun 
o‘z diyorng‘a yetti va ahlin ko‘rdi, bemor bo‘ldi va dunyodin o‘tti. [Shayx Yosin Mag‘ribiy olti yuz 
sakson sakkizinchi yil Rabi ul-avval oyida vafot etdi. Sakson yil umr ko‘rdi. 
Imom Muhiddii Navaviy esa, olti yuz yetmish oltinchi yil Rajab oyining yigirma to‘rtida vafot etdi]
1

595. Shayx Abulabbos Mursiy q. r.
Shayx Abulhasan Shoziliyning shogirdidur, maqomoti oliya va karomoti zohira iyasi. Bir kun birav 
oni uyiga ziyofatqa indadi, imtihon uchun. Taomeki anda shubhae erdi, Shayx ilayiga qo‘ydi. Shayx 
dediki, agar Horis Muhosibiyning ilgida bir tomur erdiki, shubhalik taom ilayiga qo‘ysalar erdi, 
harakatqa kelur erdi. Mening iligimda oltmish tomurdurki, andoq harakatqa kelur. Mezbon istig‘for 
qilib, uzr qo‘ldi. Imom Yofi’iy debdurki, manga mundoq yetishibdurki, salotindin biri imtihon uchun 
sohibi kashf darveshlardin birini ziyofat qilib, halol va harom etdin pishurtti. Ul darvesh taom tortar 
vaqtda dediki, bu kun biz xodimlik qilurbiz. Barcha halol etlarni darveshlarig‘a ulashti va bori harom 
etlarni ayirdiki, podshohning sipohilarig‘a munosibdur. Va muni o‘qidiki, [pokiza pok uchun, nopok 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
194
nopok uchundir]1. Sultong‘a zohir bo‘ldi va ul imtihondin istig‘for qildi. Debdurlarki, Ya’qubki, 
Mag‘ribning volisi erdi, mulk g‘ayratidin qardoshin o‘lturdi va pushaymon bo‘lub, ul shane’ harakat 
anga asar qilib, tavba qilib, Shayx Abulabbos xidmati istid’osi qildi. Va Shayx ham aning qabulig‘a 
Haqdin ma’mur bo‘ldi. Bir kun Shayx Ya’qub uyida sufrasig‘a hozir bo‘ldi. Ya’qub buyurub erdiki, bir 
xo‘rus jo‘jani o‘lturub erdilar va birin jifah qilib erdilar. Ikkalasin pishurub, Shayx ilayiga qo‘ydilar. 
Shayx xodimg‘a ishorat qildiki, bu birii ko‘tarki, murdordur va birin yeya kirishti. Ya’qubki, muni 
ko‘rdi, mulkni o‘g‘lig‘a berdi va o‘zin bidkulliya Shayxqa taslim qildi. Va Shayxning husni tarbiyati 
bila ko‘shoyish topti va valoyat martabasida sobitqadam bo‘ldi. Andoqki, bir yil qurug‘luq jihatidin el 
yog‘ing‘a muhtoj bo‘ldilar. Xalq Shayxqa duo istid’osi qildilar. Shayx yozig‘a chiqib, Ya’qubqa 
ishorat qildiki, namoz qilg‘ay va duo qilg‘ay. Pas, Ya’qub namoz qildi va yomg‘ur talabig‘a duo qildi, 
fil-favr ijobat asari zohir bo‘ldi va yog‘in tutashti. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish