607. Shayx Rayhon q. s.
Adanda bo‘lur ermish. Axyordin birav debdurki, birav Adan daryosidin kechrak chiqib, shahrg‘a kira
olmadi. Darvozani bog‘lag‘ondin so‘ngra tashqari qolibdur va yegulik hech nima topmaydur. Nogoh
ko‘rubdurki, Shayx Rayhon paydo bo‘ldi va aning qoshig‘a keldi. Ul kishi debdur: yo Shayx, darvoza
bog‘lig‘dur va ochmen va hech yegulik yo‘qdur. Tilarmen, manga harisa bersang! Shayx debdurki,
muni ko‘rung, mendin shomlig‘ tilar va harisadin o‘zga narsa tilamas. Magar men harisapazmen? Ul
debdurki, albatta bu muddaodin o‘tman. Bu so‘z orasida kurubdurki, bir ayog‘ issig‘ harisa hozir bo‘ld,
ammo yog‘i yo‘q erdi. Ul kishi debdur: Yo Shayx yog‘ kerak! Shayx debdurki, muni ko‘rung, harisani
yog‘siz yeya olmas, mendin yog‘ tilar. Magar men yog‘ sotquchimen? Debdur, yo sayyidiy, muni
yog‘siz yemagumdur. Debdurki, bu rikvani olib, daryodin su solib kel, to vuzu’ qilay! Boribdur va
daryodin su kelturubdur. Shayx aning iligidin rikvani olib, ul sudin harisa ustiga quyubdur, latif
mazalig‘ yog‘ ekandur. Yana birav naql qilibdurki, Ramazon oyi baynal-ishoayn bozorg‘a bordim, to
ahlim uchun nima sotqun olg‘aymen. Nogoh Shayx Rayhon meni ko‘rdi va o‘zi sari tortti va yuqori
havog‘a eltti. Chun ko‘p buyuk bo‘ldum, ko‘zum qarordi, yig‘lay kirishdim. Va mubolag‘a qildimki,
meni yerga qo‘ygay. Qaytardi va yerga qo‘ydi. Va dedi: tilar erdim, tafarruje qilg‘aysen, ammo
tilamading. Imom Yofi’iy debdurki, hamonoki bu tafarrujdin samovot malakutining ajoyib mutolaasin
debdur.
608. Shayx Alouddin Xorazmiy q. s.
Bu toifada buzurg ermish. Imom Yofi’iy r. debdurki, o‘n ikki kun bir vuzu’ bila namoz qildi va o‘n
besh yil yonin yerga qo‘ymadi. Va necha kun o‘tar erdiki, taom emas erdi, magar ozroq va xashin.
Mening bila Minoda erdi. Dedilarki, necha yildurki, munkirot jihatidinki ko‘rar, ixtiyorsiz hajga
kelurki, anga buyurubdurlar. Ham Imom Yofi’iy debdurki, Shayx Alouddin dediki, Rum daryosining
sohillaridin ba’zida go‘sha tutub erdim. Chun fitr bayrami bo‘ldi, musulmonlar kentlaridin biriga
namoz uchun bordim. Qaytib maskanimga keldim, bir odameni ko‘rdumki, mening hujramda namoz
qiladur va hujram eshikidagi qumda hech ayog‘ izi yo‘qdur. Taajjub qildimki, qaydin kirib erkin.
Namozdin so‘ngra zor yig‘ladi. Men fikrga bordimki, aning uchun ne kelturayki, iyddur. Iltifot qilmadi
va dediki, fikr qilmaki, g‘aybdadur, ulcha sen bilmassen va lekin agar su bo‘lsa, manga keltur! Ibriq
sari bordimki, olib kelgaymen. Ibriq qoshida ikki uluq qurs ko‘rdum, issig‘ va ko‘p bodom mag‘zi.
Alarni ko‘tardim va aning qoshig‘a elttim. Qursni ushatti va bodom mag‘izlarin mening ilayimga
to‘kdi. Va dediki, yegil! Va ul bodom mag‘izlaridin manga berur erdi va men yer erdim. Va ul yemadi,
bir mag‘izdin o‘zga yo ikkidin o‘zga. Va men ul taomda g‘arib huzur topar erdim. Dedi: muni g‘arib
ko‘rmaki, Tengri taolog‘a bandalar borki, har qayda bo‘lsalar va har ne tilasalar, toparlar. Mening
taajjubum ortug‘roq bo‘ldi. O‘zumga dedimki, andin mu’oxot talabi qilay. Dedi: oshiqmaki, yana
sanga kelgumdur, inshoollohi taolo. Va g‘oyib bo‘ldi. Va bilmadimki, qayon bordi. Shavvolning
yettinchi kechasi keldi va mening bila mu’oxot ahdi bog‘ladi, raziyollohu anhumo.
Do'stlaringiz bilan baham: |