Mu’ammil dedi: [Ey Mayshum, taloq qilishda sunnatni unutdingmi?]
1
.
314. Abubakr Iskof r. t.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, ul o‘ttiz yil ro‘za tutti. Naz’ holatida suvni momiq bila
tiladilarki, og‘zig‘a tomizg‘aylar, oni tashladi va ro‘zada dunyodin o‘tdi.
315. Abu Zahhok r.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Zahhok dedikim, bir qatla mening bila shayton orasida
muhoraba bo‘ldi, ani bir qotiq silliy urub mag‘lub qildim. Va mundin muddate o‘tti, bir kun bir yo‘l
borurda, bir uluq suvg‘a yettim. O‘tardin ojiz erdim. Ko‘rdumki, bir za’if qari suvg‘a kirdi, o‘tgali.
Men o‘zumga dedim: bu qaridin xud za’ifroq emassen. Suvg‘akim kirdim, cho‘ma kirishtim. Va ul qari
suv qirog‘ig‘a ayaq qo‘yub chiqti va dedikim, manga silliy urarsen, tavba qilding, yo‘qmu?
316. Abu Muhammad Xaffof r. t.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Shayx Abulhusayi Muzayyin bizga bitib erdikim, sizga daryoda
muride borki, agar najot topsa, bot sizga javohir kelturur. Bu so‘zdin murodi Muhammad Xaffof
ermish. Va aning mushohada bobida va shaytondin boze yeganda, ko‘p so‘zlari bor, tilay degan kishi
«Nafahot ul-uns»da aning zikrida mutolaa qilsun!
317. Xasan b. Hammaviyah va sohibuhu Abu Ja’far Xarror Istaxriy q. s.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Ja’far Xarror, Hasan Hammaviyaning sohibi, Istaxrdin
bizing qoshimizg‘a keldi. Ibn Zaydon dedikim, orzudur mangakim, bu kecha ani bizing qoshimizg‘a
hozir qilg‘aysen. Ani munung majlisida hozir qildim. So‘z asnosida Ibn Zaydon dedikim, tilarbizki, o‘z
hikoyotingdin bizga bir nima aytqaysen. Ul dediki, manga xud hikoyate yo‘qdur, agar desang, ulcha
mashoyixdin ko‘-rubmen, andin aytay. Ibn Zandon dedi: biz ham ushmuni tilarbiz. Ja’far dedi: Bir kun
men va jam’i Hasan Hammaviya qoshinda o‘lturub erduk va ul bosh quyi solib erdi. Nogoh sayhae
tortti va ul sayha bila hozirlar ko‘zidin g‘oyib bo‘ldi. Bizlar bir-birimizga boqishtik va dedikki, bu
so‘zni hech kishiga aytsa bo‘lmaskim, eshitgan antqusidurkim, yana nodirae orog‘a soldilar. Ul uch
kun g‘oyib erdi. Har kishi so‘rsa, der erdikki, mashg‘uldur. Uch kundin so‘ngra ko‘rdukki, masjid
eshikidin kirdi, mutag‘ayyirul-lavn. Va g‘oyat haybatidin mumkin yo‘qki, kishi aniig bila so‘zlashgay.
Va men hamisha aning bila inbisot qilur erdim. Dedimki ayyuhash-shayx, miqdore toza panir bor,
mayl bormu, keltursak? Va aning toza panirg‘a mayli ko‘p bo‘lur erdi. Dedi: keltur! Kelturdum, bir
luqma yedi va ishorat qildikim, yengiz! Shayx Abu Abdulloh Xafif dedikim: Ibn Zaydon manga
dedikim, hech shak yo‘qdurkim bu sodiq kishidur, ammo bu hikoyatni bovar qilaolmasmen, nav’e
qilki, inong‘aymen. Dedimki, shayx uchun yer solingki, yo‘l ranjidin osoyish topsin. Yer soldilar.
Shayx uyudi va men Ibn Zaydon bila o‘lturduk. Anga ancha ayttimki, bovar qildi. Shayx Abu
Abdullohdin ul hol kayfiyatin so‘rdilar. Dedi: ul o‘z makonidin yiroq bormaydur erdi, ammo anga
libose yopib erdilarki, ko‘zlardin g‘oyib bo‘lib erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |