Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

 310. Abu Muhriz Sheroziy r. t.
 
Sheroz navohisidindur. Zunnun Misriy ashobidin. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Muhriz 
dedikim, Nisodin Sheroz azimatig‘a chiqtim va sultonning qoyidi va atbo’i bila yo‘ldosh bo‘ldum. 
Alarning af’ol va atvori manga bag‘oyat makruh keldi. Ko‘ngluda inkor qilib tiladimkim, alardin 
ayrilg‘aymen. Nogoh bir un chiqtikim, qoyidning kamari g‘oyib bo‘lubdur. Va ul ont ichibdurki, qofila 
xalqin borisin axtarg‘ay. Va birin-birin bari elni taftish qildilar, men qoldim. Va pas xalq dedilar, bu 
shayx qolibdur va andoq kishini bu nav’ ishga nechuk muttaham qilsa bo‘lg‘ay? Qoyid dediki, men ont 
ichibmen, foyda qilmas, axtarmoq kerak. Meni ham axtardilar. Ul kamar belimda bog‘lig‘ chiqti. Men 
dedimki, billohki manga bu ishdin xabar yo‘qtur. Qoyid dedi, bu yolg‘on ont o‘gurlig‘idin azimroqdir. 
Meni buyurdikim, yo‘l boshida qofila guzargohida asrag‘aylar, to har kishi o‘tsa, tavbix va sarzanish 
qilg‘ay. Va andoq qildilar va mening hamrohlig‘imdin ayrildilar. Va Shayx Abu Muzohim Sheroziy va 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82
Shayx Abu Hafs bila xalo aritqonkim o‘tti, Shayx Abu Abdulloh Xafif Shayx Abu Muhrizg‘a nisbat 
beribdur. 
 311. Abdurrahim Istaxriy q. t.
 
Kuniyati Abu Amrdur. Va Ruvaym bila suhbat tutubdur va Sahlni ko‘rubdur va tariqi satru ixfo va 
shatorat erdi. Shotirona libos kiyar erdi va itlar asrar erdi va ovg‘a borur erdi. Kabutarlari ham bo‘lur 
erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, Ruvaym dedikim, bu toifadin ko‘p bila Lug‘om tog‘ida 
bo‘lubmen. Andin sobirroq ko‘rmaymen. Ov uchun dashtga yo tog‘ga borsa erdi, el ko‘zidinkim, yiroq 
bo‘ldi, itlarin qo‘yar erdi va tengri zikrig‘a mashg‘ul bo‘lur erdi. Uyida bir o‘y terisi ermishki, ostig‘a 
solur ermishkim, o‘yning shoxlarini ham ul teri bila qo‘yg‘on ermishlar. Qish oni uyga sudrab solur 
ermish va yoz tashqari sudrab ermish. Ja’far Hazzo aning qoshig‘a bordi. Ahvolin xarob ko‘rdi bir 
buzuq uy go‘shasida va anga azim baloyi mutavajjih. Tarahhum qildi va mutag‘ayyir bo‘ldi. Ul 
dedikim, menga ne bo‘ldi? Ja’far dediki, seni bu dam o‘lgudek ko‘radurmen za’fdin. Ul qo‘pti va bir 
azim tosh erdi, ko‘tordi. Ko‘torib tomg‘a chiqardi va dedi: Ey qaviy, kelib, bu toshni ko‘tarib, quyi 
tushur! Ja’far ojiz bo‘lub, hayrat qildi. Ul dedikim, bu kun o‘n yetti kundurkim, hech nima 
yemaydurmen. Ja’farning hayrati ko‘proq bo‘ldi. Anga otasidan yigirma ming diram meros qoldi. 
Ammo el zimmasida erdi va o‘n mingni elga kechti va o‘n mingni oldi. Kecha tong otquncha, ul vajh 
oni gohi savdo xayolig‘a gohi ziroat xayolig‘a parishon qilib erdikim, sahar qo‘pub, ul vajhlarni 
ovuch-ovuch qo‘shnilar uyiga sochti. Kunduz ul elga xayol bo‘ldikim, go‘yo yormoq yog‘ibdur. Ul 
tubrani silkidi, yarim diram qolib erdi. Tushti, ashobig‘a dedikim, ishorat sizgakim, nonu baqlo bo‘ldi. 
El dedilar bu devonani ko‘rung! O‘n ming diramni sochib, yarim diram uchun shodliq qilur. Vaqte 
Abodong‘a bordi va yigirma bir kun qoldi. Har ne oqshom anga iftor uchun keltururlar erdi, tongla 
mavjud erdi. Xalq oning sheftasi bo‘ldilar. Sahl Abdulloh qasd qildi, dedi: Senga mehmonman. Ul 
dedi: Ne buyurursen? Dedi: so‘kboch pishur. Sahl so‘kboch pishurtti va qozon bila oning ollig‘a 
qo‘ydilar. Hamul dam soyil savol qildi. Buyurdikim, oni soyilg‘a berdilar. Uch qatlag‘acha so‘kboch 
pishirurlar erdi va ul soyilg‘a berur erdi. To‘rtunchida Sahlning quli yoshurun chiqtikim, soyilg‘a man’ 
qilg‘ay. Dedikim, qulingni soyil man’idin man’ qil! Sahl man’ qildi. To oy tugandi, ul nima yemay 
chiqti va birov quruq o‘tmak suvg‘a to‘g‘rab yeydur erdi. Oning shirkatida iftor qildi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish