Aqida
– biror bir narsaga ishonmoq, nimanidir tasdiq etmoq va uni qabul aylab, unga sodiq
qolmoq, Ishonch - e’tiqod tamali.
Ahli qol
– hol ahlining teskarisi, ya’ni so‘zlarning ma’no va haqiqatini bilmasdan, o‘z hayoti,
qismati va tajribasi bilai bog‘lanmaydigan gaplarni takrorlashdan nari o‘tolmaydigan kimsalar guruhi.
Dil emas –til, ma’no emas, da’vo bilan yashash yo‘lini tutgan gumroh, munofiqlar jamoasi.
Vasl
– yetishish, erishish, vosil bo‘lish. Haq visoliga yetishmoq. Vasl yoki vuslat tasavvufiy
hayotdagi yo‘qchilikning nihoyasiga aloqador.
Vatar
– orzu, bashariy sifatlar va nafsoniy lazzatlardan yiroqdagi xush bir tuyg‘u, ruhoniy istak.
Darvesh
– benavo, qashshoq, kambag‘al, faqir, xudojo‘y; tasavvuf tariqatiga mansub kishi.
«G‘iyos ul-lug‘ot»da izohlanishicha darvesh so‘zining asl ma’nosi eshiklardan narsa tilovchi bo‘lib,
darvesh demak. Darveshning qadimgi shakli darovez – eshiklarga osiluvchidirki, keyinchalik u darvesh
shaklini ogan. Darvesh uchun murshidlik eshigi bamisoli Ka’badir. U ana shu eshikka osiluvchi va
undan najot tilovchidir.
Da’vo
– nafsning o‘zsha mansub bo‘lmagan biror-bir narsani o‘ziga nisbat berishi. Munoqasha va
munozara. Sahl bin Abdullohning aytishicha, «Qul bilan Alloh orasidagi eng katta to‘siq – da’vo, ya’ni
iddaodir».
Zavoyid
– qalbdagi nurlarning ko‘payishi.
Zikr
– so‘zlash, bayon qilish, xotirlash, yod aylash, xotirdagini unutmaslik ma’nolarini
anglatadigan arabcha bir kalima. Tasavvufda bu kalima g‘aflat va isyon –esdan chiqarishning ziddi
o‘rnida tatbiq etilgan. Zikr tasavvufdagi har bir tariqatda, har bir tasavvuf ahlining nazdida – barcha
qoida, usul va odoblarning boshidir. Tariqat pirlari va muridlarning zikr foydalari haqida umumiy
qarashlari taxminan bunday bo‘lgan: zikr – Shaytonga qarshi eng o‘tkir yarog‘ – quvar; Allohning
roziligi va mehriga erishtirar; qalban g‘am, qayg‘u va g‘ussalarni haydab, dilga quvonch, farah va
kenglik bag‘ishlar; tafakkur va ma’rifatning yuksalishini ta’minlar; har turli yomonliklarning ildizinn
quritib, xato va gunohlarning oldini olar... «Foydali bo‘ladigan zikr– davomli va qalb huzuri ila
bo‘ladigan zikr erur. Zikrning nnhoyasida esa uns va muhabbat tug‘ilur... Kishi zikr etilajak Alloh ila
unsiyat paydo etib, ko‘nglida Alloh muhabbati hosil bo‘lgunga qadar bir oz zahmat chekar. So‘ngra
esa Allohni xotirlamasa tura olmaydigan holga kelar...», deya ta’kidlaganlar Imom G‘azzoliy.
Zikr
– faqat Allohni yod aylash, uning go‘zal ismlarini eslash emas, balki dil, fikr va tuyg‘uni
Allohga yo‘naltirish, Alloh ila mukammal bir shuuriy, zehniy aloqa o‘rnatishdurki, bu salohiyat
hammaga ham nasib etavermagan, albatta. Shuning uchun tasavvufda zikr ikkiga ajratilgan: biri –
«zikri omma», ikkinchisi – «zikri xos». Zikri omma savobni qo‘lga kiritmoq niyati ila amalga oshirilib,
unda zohirning tabiatida yomon xislatlar: kibr, g‘urur, riyo, hirs, tama’, g‘azab, makr kabilar batamom,
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |