Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

448. Qusam Shayx r. t.
Ul turk mashoyixidindur. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonadonidindur. Xoja Bahouddin ul so‘z 
mujibiki, Mir Sayyid Kulolalarg‘a ijozat berganda deb erdiki har qayondin royihai dimog‘ingizg‘a 
yetsa, talabda taqsir qilmayg! Qusam Shayx xizmatig‘a bordilar. Ul avval muloqotda qovun yeydur 
erdi. Po‘chog‘in Xoja sori tashladi. Alar g‘oyat talab haroratidin ul po‘chog‘ni terisi bilan yedilar. Ul 
majlisda ikki-uch qatla bu nav’ voqe’ bo‘ldi ham bu majlisda Shayxning xodimi kirib dediki, uch teva 
va to‘rt otg‘oyib qilibman. Shayx Xojag‘a ishorat qilib dediki, ani yaxshi tutingiz! To‘rt kishi andoq 
xushunat bila Xojag‘a yopushtilarki, go‘s aroda qone voqea bo‘lubdur. Hazrat Xoja debdurlarki, turk 
mashoyixining shinoxti bo‘lmasa, alar tariqidin mutanaffir va navmid bo‘lur. Xoja muroqib o‘lturdilar. 
Namozshom adosidin so‘ngra xodim yana kirib dediki, g‘oyib bo‘lg‘on tevalar va otlar o‘zlari keldilar. 
Qusam shayx xizmatida Xoja uch oyg‘a yaqin bo‘ldilar. Oxyr ul-amr Shayx Xojag‘a tashrif berdi va 
dedi: To‘qquz o‘g‘lum bor. Sen barchasidin ulug‘roq va muqaddamroq. Andin so‘ngra har qachon 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
125
Shayx Naxshabdin Buxorog‘a kelur erdi, Xojag‘a mulozamat qilurlar erdi. Shayx debdurki, bu nav’ 
talabgorlig‘ki, senda ko‘rub-men, toliblardin hech qaysida ko‘rmaymen. Oxir bu Qusam Shayx Xoja 
inqito’iy va kamoli beta’ayyunlug‘idin Buxoroning timlaridin birida andoq savdo va sotiq qildi va 
chiqib bir do‘konchada o‘lturub, ashob va farzandlaridin har kimki, oning bila edilar tiladi va dediki
bizing borur chog‘imiz bo‘ldi. Tavhid kalimasin alar muvofaqati bila aytti va jon taslim qildi. 
449. Xalil Ota q. r.
Xoja Bahouddin hazratlari debdurlarki, bidoyat holda bir kecha Hakim ota r. niki, turk mashoyixining 
kiboridindur, voqe’ada ko‘rdumki, bizni bir darveshga siporish qiladur. Uyg‘ong‘ondin so‘ngra ul 
darveshning surati xotirda erdi va bizga jaddani erdi, soliha otamiz onasi, ul voqe’ani alarg‘a ayttuq. 
Dedilar: ey farzand, senga turk mashoyixidin nasibe bo‘lg‘usidur va men doim ul darveshga tolib 
erdim. 
To bir kun Buxoro bozorida ul darveshga yo‘luqdum va tanidum. Otin so‘rdum. Xalil erdi. Ul zamon 
oning bila mujolasat va mukolama muyassar bo‘lmadi. Chuk manzilg‘a bordim va oqshom bo‘ldi. Ul 
darvesh qoshidin birov kelib, meni tiladi. Kuz ayyomi erdi. Bir pora meva oldim va ul darvesh 
xizmatig‘a bordim. Chun tiladimki, ul voqe’ani anga izhor qilg‘aymen. Ayttiki, ulcha saning 
xotiringdadur, bizga ayondur. Bayon qilmoq hojat emas, mening holim o‘zga bo‘ldi. Ko‘ngul mayli 
oning suhbatig‘a ko‘p bo‘ldi va oning suhbatida shigarf ahvol va g‘arib va ajib nimalar mushohada 
bo‘lur erdi ondin. Va muddatdin so‘ngra Movarounnahr mulkining saltanati anga musallam bo‘ldi va 
menga oning xizmat va mulozamatin qilmoq zarur erdi va mulozamat ayyomida ham azim ishlar zohir 
bo‘lur erdi va menga shafqat zohir qilur erdi. Gohi lutf va gohi unf bila manga xizmat adosin ta’lim 
qilur erdi va ul jihatdin ko‘p favoid menga yetar erdi va bu yo‘l sayru sulukida ko‘p ishga yoror erdi va 
olti yilg‘acha oning xizmatida bu nav’ bo‘lur erdim va xaloda xos suhbatining mahrami erdim va 
maloda saltanat odobin rioyat qilur erdim va malikdin burunroq ham olti yil oning xizmati va suhbatida 
bo‘lur erdim. Ko‘p qatla borgohi xosi qoshida aytur erdikim, har kim Haq taolo rizosi uchun menga 
xizmat qilur, xalq orasida buzurg bo‘lg‘ay va menga ma’lum bo‘lur erdikim, bu so‘zdin maqsudi 
kimdur. Bu muddatdin so‘ngra, chun majozii mamlakatig‘a zavol bo‘ldi va har lahzada mulku xidamu 
hashami haboan mansuran bo‘lur erdi va dunyo ishi tamom maning ko‘nglumda sovudi. Buxorog‘a 
keldim. Revartundakim, Buxoro kentlaridindur sokin bo‘ldum. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish