Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
121
Andoqki, debochasida ayturki, [Ammo ba’d: ishq martabalari haqidagi bir qancha so‘zlar «Savonih»
uslubida yozildi]
1
. Va «Savonih» fuzulidin biri budurkim, ma’shuq barcha holi bilan ma’shuqdur, bas
istig‘no aning sifatidur. Va oshiq barcha holi bilan oshiqdur, bas iftiqor aning sifatidur.
Oshiqqa
hamisha ma’shuq keraklik, bas iftiqor aning sifatidur. Va ma’shuqqa hech nima darboist emas, chun
o‘zi o‘ziningdur, lojaram istig‘no aning sifati bo‘lg‘ay.
R u b o i y:
[Doim ko‘ngil olasanu uzring bor, Hech g‘am
chekmaysanu uzring bor.
Men sensiz ming kecha qon yutdim, Sen bir oqshom
o‘ylamaysan, uzring bor]
2
.
Bir kun aning majlisida qori bu oyatni o‘qudiki, [Ey o‘z jonig‘a jinoyat qilgan bandalarim]
3
. Ul dedi:
[Alloh «bandalarim» deb, o‘ziga nisbat berish bilan ularni ulug‘lamoqda. So‘ngra o‘qidi: Ishq yo‘lida
malomat
oson kechdi, dushmanlarimning ta’nalari men uchun e’tiborsiz. O‘z nomim bilan chaqirsalar,
karga aylanaman va agar Allohning bandasi deb xitob qilsalar, albatta, eshituvchiman]
4
. Bu toifadin
birida Imom Ahmad so‘zlaridin bir juzv edi, ani hujjat ul-islom Imom Muhammad olib taammul qildi
va dedi: subhonolloh,
biz tiladuk va ul topti, ya’ni Imom Ahmad.
Besh yuz o‘n yettida dunyodin o‘tubdur va qabri Qazvindadur.
441. Xoja Yusuf Hamadoniy q. t. s.
Kuniyati Abu Ya’qubdur. [Imom, olim, orifi rabboniy, go‘zal hollari, ko‘p ehsonlari, yuksak karamot
va maqomotlari bor edi]
1
. Ibtidoda Bag‘dodqa bordi va Shayx Abu Ishoq Sheroziy majlisida
mulozamat qildi va ishi yuqori bo‘ldi va o‘z aqronig‘a fiqh ilmida va o‘zga ulumda, xususan nazar
ilmida foiq bo‘ldi va Shayx Abu Ishoq ani kichik yoshlig‘ ekanida ko‘p ulug‘ poyalig‘ ashobig‘a
taqdim qilur erdi va ko‘p ulamodin Bag‘dod va Isfahon va Samarqandda hadis istimo’ qildi. So‘ngra
barchani tark qildi va riyozatu mujohadat tariqin ilgari
tutdi va mashhur andoqdurki, tasavvufda
intisobi Shayx Abu Ali Formadiyg‘adur va debdurlarki, Shayx Abdulloh Juvayniyg‘a. Va Shayx Hasan
Simnoniy bila suhbat tutubdur. Marvda sokin bo‘ldi va andin Hiriga keldi va bir necha vaqt iqomat
qildi. Yana Marv ahli andin murojaat iltimos qildilar va Marvg‘a bordi. Yana Hiriga keldi va andin
so‘ngra Marv azimatig‘a murojaat qilg‘anda, yo‘lda besh yuz o‘ttuz beshda favt bo‘ldi
va ham andaki,
favt bo‘ldi, dafn qildilar va nscha vaqtdin so‘ngra Marvg‘a naql qildnlar va mazori Marvdadur
mashhur. Shayx Muhyiddin Arabiy q. t. r. o‘z musannafotidin ba’zida aytibdurki, Shayx Avhaduddin
Homid Kirmoniy Quniya shahrida mening manzilimda erdi. Dediki, bizning bilodda Xoja Yusuf
Hamadoniy q. s. ki, oltmish yildin ortuq shayxlig‘ va irshod sajjodasida o‘lturub erdi.
Bir kun o‘z zoviyasida o‘lturub erdiki, ko‘nglida tashqari chiqmoq xutur qildi va tariqi jum’a kunidin
o‘zga kun chiqmas erdi va bu anga og‘ir keldiki, bilmas erdiki, qayon borg‘ay?
Oxir bir markabga
mindi va jilovin qo‘ydi, to qayonki, Tengri taolo eltsa borg‘ay. Ul markab shahrdin chiqdi va
bodiyag‘a kirdi va borur erdi, to ani bir vayron masjid eshigiga yetkurdi va turdi.
Shayx tushti va ul masjidqa kirdi va ko‘rdiki, bir yig‘it boshin muroqabag‘a tortibdur. Bir zamondin
so‘ngra boshin ko‘tardi. Bir hanbatlig‘ yigit erdi, dedi:
Yo Yusuf, menga mas’ala mushkul bo‘lubdur
va zikr qildi. Shayx ul mushkulni hal qilg‘ondin so‘ngra dedi, ey farzand, har qachon senga mas’alae
mushkul bo‘lsa, shahrg‘a kel, dog‘i mendin so‘r va meni kelurga ranjga solma. Shayx debdurki, ul
yigit menga boqdi va aytti, har qachon mas’alae menga mushkil bo‘lsa, aning hallig‘a har tosh manga
saningdek bir Yusufdur.
Shayx Ibn Arabiy debdurki,
men mundin bildimki, murid tavajjuh sidqi bila Shamxni o‘z jonibig‘a
jazb qila olur ermish. Xojaning g‘arib holoti va ajib maqomoti andin ko‘prakdurki, sharh qilsa
bo‘lg‘ay. Ashob arosinda xulafosi to‘rt kishi erdilar: Xoja Abdulloh Barqiy va Xoja Hasan Andoqiy va