Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
123
Kalon. Va nisbat silsilasi Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband q. s. g‘a bu jamoatdin Xoja Orifqa
yetishur.
444. Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy q. s.
Ul Xoja Orif xulafosidindur.
445. Xoja Ali Romitaniy q. s.
Alar Xoja Mahmud xulafosidindurlar va bu silsilada alarning laqabi Hazrat Azizondur. Va alarg‘a oliy
maqomot va zohir karomot ko‘p erkandur. Va to‘qimoq san’atig‘a mashg‘ul bo‘lur ermish. Va Hazrat
Maxdumkim, «Nafahot ul-uns» kitobining musannifidurlar, mundoq debdurlarki, manga ba’zi
akobirdin mundoq istimo’ tushubdurki, ishorat alarg‘adur. Ulcha Hazrat Mavlono Jaloliddin Rumiy q.
t. r. debdurki, b a y t:
[Hol ilmi qol ilmidan yuksak bo‘lmaganda edi,
Buxoro ulug‘lari
qachon Xoja Nassojga qulluq
qilgan bo‘lardilar] .
Alardin surubdurlarki, iymon nedur? Debdurlarki, qo‘ngarmoq va ovlamoq. Va ham alardin
so‘rubdurlarkim, masbuq masbuqona qazosig‘a qachon qo‘pqay? Debdurlarki, subhdin burun. Va
alardin manquldurki, debdurlarki, agar yer yuzida Xoja Abdulxoliq farzandlaridin biri bo‘lsa erdi,
Mansur hargiz dor ostiga bormag‘ay erdi. Va
bu silsila ahli bu ruboiyni
R u b o i y:
[Kim bilan birga o‘tirsangu qalbing bog‘lanmasa, u bilan suhbating aslo hovushmasa, zinhor uning
suhbatidan qochgin, yo‘qsa, azizlar ruhi seni kechirmaydi]
2
.
alarg‘a nisbat berurlar. Va alarning qabri Xorazmda mashhurdur.
446. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy r. t.
Hazrat Xoja Azizonning xalifasidur va Hazrat Xoja Bahouddin hazratlarig‘a alardin qabul
farzandlig‘qa voqe’ bo‘lubdur va alardurlarki, Qasri Hinduvondin o‘tarda der ermishlarki, bu
tufrog‘din bir er isi keladur. Bo‘lg‘ayki, Qasri Hinduvon Qasri Orifon bo‘lg‘ay.
To bir kunki Sayyid
Amir Kulol manzilidinki, alarning xulafosidindur, Qasri Orifon sari mutavajjih erdilar. Dedilarki, ul er
isiki, bizing dimog‘imizg‘a yetar erdi, ortuqroq bo‘lubdur. Hamonoki ul er mutavallid bo‘lubdur. Chun
nuzul qilibdurlar. Hazrat Xoja Bahouddin
valodatidin uch kun ekandur, alarning jaddi bir muomala
alarning ko‘ksig‘a qo‘yib, alarni ixlos va niyoz bila Xoja Muhammad Bobo nazarig‘a kelturubdur.
Xoja Muhammad Bobo dedilarki, ul bizing farzandimizdur va biz oni qabul qilduq va ashob sori boqib,
debdurlarki, bu ul erdurki, bizga oning isi yetib erdi. Ro‘zgorning muqtadosi bo‘lg‘ay va Amir Sayyid
Kulolg‘a buyurdilarki, farzandim Bahouddin haqida tarbiyat va shafqatni darig‘ tutmag‘oysen
va senga
bihil qilmag‘oymen, agar taqsir qilsng. Amir dedikim, er bo‘lmag‘oymen agar, Xoja vasiyatida taqsir
qilsam.
Xoja Bahouddin debdurlarki, taqdir hasbi bila mutaammil bo‘lurda jaddim buyurdikim, borib, Xoja
Muhammad Bobog‘a tashrif huzuri iltimos qilki, alarning qadami barakoti bu manzilg‘a yetgay. Chun
alar liqosiga musharraf bo‘ldum,
ajab karomotki, alardin mushohada bo‘ldi. Bu erdiki, ul menda niyoz
va tazarru’ paydo bo‘lib erdikim, qo‘ptum va masjidqa kirdum va ikki rakaat namoz qildum va
boshimni sajdag‘a qo‘yub, niyoz bila ixlos ko‘rguzdim va ul oroda tilimga bu keldikim, ilohi, balong
yukini tortarg‘a quvvat va muhabbating mehnatini tortarg‘a tahammul ber!
Chun saboh Xoja
xizmatig‘a yettim, buyurdilarki, ey farzand, duo mundoq qilmoq kerakki, ilohi, oncha sening rizong