455. Mavlono Ya’qub Charxiy q. t. s.
Asli Charx degan yerdindurlarki, G‘azniyning kentlaridindur. Va Xoja Alouddin Attorning
ashobidindur, balki Xojayi buzurgvor ashobidin ermish, Ul Hazrat olamdin naql qilg‘ondin so‘ngra
Xoja Alouddin q. s. suhbatig‘a yetibdur. Mavlono der ermishlarkim, avval qatlakim, Hazrat Xojai
buzurgvor muborak suhbatlarig‘a yetib, o‘zni topshurduk, alar buyurdilarki, biz o‘zlukumiz bila hech
ish qilmasbiz, bu kecha ko‘ralikim, seni radmu qilurlar, yo qabulmu? Mavlono debdurki, hargiz ul
kechadin sa’broq kecha manga o‘tmaydurkim, tong otquncha bag‘rim yuz laxt qon erdikim, yo Rab, bu
eshikni manga qabul bila ochqaylar, yo rad qilg‘aylar. Alas-saboh chun Hazrat Xojayi buzurgvor
subatlarig‘a bordim, inoyat qilib dedilarki, qabul qildilar, ammo sen Alouddin suhbatida bo‘lg‘ungdur,
debdurlar. Andin so‘ngra men Badaxshong‘a tushtum va Xoja Alouddin, Hazrat Xojayi buzurgvor q. s.
vafotlaridin so‘ngra Chag‘oniyong‘a kelib, mutavattin bo‘ldilar. Va manga kishi yuborib, Hazrat
Xojayi buzurgvor ishorat qilg‘an so‘zni izhor qildiladr. Va men alar xidmatig‘a kelib, to alar hayotda
erdilar, alar xidmatida bo‘ldum. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. Hazrat Xoja Ubaydulloh q. s. din
mundoq debdurlarki, alar Hazrat Mavlono suhbatig‘a yetibdurlar va mundoq debdurlarki, Hirotda
erdim, manga Hazrat Mavlononing xidmati doiyasi paydo bo‘ldi. Chag‘oniyon viloyatig‘a mutavajjih
bo‘ldum va ko‘p mashaqqat va mehnatdin so‘ngra anda yettim. Va hamonoki tamom, yo aksar yo‘lin
yayog‘ bormish bo‘lg‘aylar. Va debdurlarki, chun alar suhbatig‘a musharraf bo‘ldum, alarning yuzida
bayozeki, tab’g‘a mujibi tanaffur bo‘lg‘ay, zohir erdi va manga qatig‘ demak siyosat libosida zohir
bo‘ldilar. Va ancha irik so‘zlab, siyosat qildilarki, yaqin erdiki, alardin mening botinim munqate’
bo‘lg‘ay. Bag‘oyat mahzunu mag‘mum bo‘ldum. Yana bir qatlaki, alar suhbatig‘a yetishtim, manga
mahbubliq va jamoliyat suratida zohir bo‘ldilarki, hargiz ul xo‘blug‘ bila kishi ko‘rmaydurmen. Va
nihoyatsiz lutf ko‘rguzdilar. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu mahaldaki Xoja xidmatlari
bu so‘zni deydur erdilar, mening nazarimg‘a bir aziz surati bila ko‘rundilarki, manga aning jonibi
irodat va robitai tamom bor erdi. Va ul aziz olamdin o‘tub erdi va filhol ul suratni xul’ qildilar va
hamonoki ul ish Xoja xidmatlarig‘a ixtiyor va shuur bila voqe’ bo‘lub erdi erkin. U ma’no isbotig‘aki,
Hazrat Mavlonodin naql qildilar. Va derlarki, Hazrat Mavlono, der ermishlarki, tolibeki bir aziz
suhbatig‘a kelur. Xoja Ubaydullohdek kelmoq kerak, charog‘ muhayyo qilg‘on va yog‘ va fatilani
tayor yasagan, ham ul gugurd anga tutmak kerak. Xoja Ubaydulloh q. s. der emishlarki, Mavlono
xidmatlari Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy xidmatlari bila Mavlono Shihobuddin Sayrafiy qoshinda
hamsaboq erkandurlar. Bir kun mendin so‘rdilarki, derlarki, Shayx Zaynuddin vaqoe’ hallig‘a va
maqomot ta’birig‘a ko‘p ishtig‘ol ko‘rguzurlar. Dedim, bale, andoqdur. Mavlono soate o‘zlaridin
g‘oyib bo‘lurlar erdi. Chun hozir bo‘ldilar, bu baytni o‘qidilarki,
b a y t:
[Oftobning quliman, oftobdan gapiraman, tun
ham, tunparast ham emasman, uyqudan gapirsam]
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |