202
Ramida ko‘nglum erur ishq mubtalosi hanuz,
Boshimda bordurur ul sarvqad havosi hanuz.
Yuzung firoqida har bir ko‘zum mening bir dog‘
Qo‘yupturur, vale tushmaydurur qarosi hanuz.
Faqih qildi duo «Ishqdin qutulg‘il» deb,
Qabul qurbida ermas emish duosi hanuz.
Nechuk tama’ qilayin mehr ila vafosinkim,
Haqir jonima darxo‘rd emas jafosi hanuz.
Halok o‘qi ko‘zung urmish ko‘ngulga tonmaki, bor
Yonida kirpiku qoshingdin o‘qu yosi hanuz.
Haloking o‘lg‘ali jon ko‘z qorardi, vah, yuz ochib,
Qoradin ani chiqarg‘ilki, bor azosi hanuz.
Sipehr zulmidin ul nav’ motamidur subh.
Ki, umrlar o‘tubon chok erur yaqosi hanuz.
Navoiy jon berur, ul muddaiyni mahram etar,
Bu ishcha yuz ming emastur aning sazosi hanuz.
203
Jamoateki, junun man’ini manga qilasiz,
Tosh otibon ne uchun telbalarga qotilasiz?
Keting, ko‘ngul bila jonkim, vidoingiz qildim,
Firoq agar budurur, erta kunni kech qilasiz.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |